Bugunning tarixi: 13 fevral – Butunjahon radio kuni

  •   DiMaX
  •  1391
  •  13.02.2019 11:57

Bugunning tarixi: 13 fevral – Butunjahon radio kuni

Har yili 13 fevral sanasida dunyo bo‘ylab Butunjahon radio kuni nishonlanadi. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi saytida e’lon qilingan maqola shu sanaga bag‘ishlangan.

O‘QING: 6 noyabr – FM radio kashf etilgan sana

Fan-texnika rivojlanib, texnologik kashfiyotlar imkoniyati yanada kengayib borayotgan hozirgi davrda radio insoniyat kundalik hayotining bir qismiga aylangan. Radio tinglovchini yangiliklaridan xabardor qilish, kerakli ma’lumotlarni yetkazish orqali dunyoning ko‘p sonli aholisini bir doira atrofida birlashtiradi.

Eng arzon va ommabop aloqa-axborot vositasi sifatida radio jamiyatning barcha qatlam vakillari uchun ta’lim darajasi, irqi, yoshi, moddiy ahvolidan qat’i nazar ularga jamoatchilik muhokamalarida ishtirok etish imkonini beradi.

Bundan 80 yil avval kashf etilgan radio aloqa vositasi yillar davomida yanada takomillashib bordi. Turli ommaviy axborot vositalari ta’siri ostida ushbu aloqa-axborot vositasi negizida aloqa-axborot vositalarining yangi avlodlari kompyuter, mobil aloqa vositasi, planshetlar paydo bo‘ldi.

Radioning insoniyat hayotidagi ahamiyatini inobatga olgan holda, 1946 yil 13 fevral – «BMT radiosi» tashkil etilgan kun munosabati bilan 2011 yil YuNESKO Bosh konferensiyasi tomonidan 13 fevral – Butunjahon radio kuni, deb e’lon qilindi.

Muhim axborot vositasi sifatida radio bugungi kunda nafaqat axborot tarqatish, balki ma’naviy-ma’rifiy, ko‘ngilochar, omma fikrini shakllantirish kabi vazifalarni bajarib kelmoqda.

Kun yangiliklarini yoritishda ommaviy axborot vositalari orasida radioni ahamiyatini e’tirof etish, jamiyat hayotida radio mavqeini oshirish hamda mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida yil taqvimi sahifalarida ushbu kun alohida tarixiy sana sifatida belgilangan.

Har yili Butunjahon radio kuni munosabati bilan dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida 500 ga yaqin tadbir tashkil etiladi. Bu esa o‘z navbatida ushbu kunni xalqaro miqyosda keng nishonlanadigan sanalar qatoridan joy olishga zamin yaratmoqda.

O‘QING: Android-smartfon uchun audiopleyer tanlaymiz