Bugunoq taqdim etiladigan Xiaomi Redmi Y2 narxi va jihatlari bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  3890
  •  07.06.2018 12:51

Bugunoq taqdim etiladigan Xiaomi Redmi Y2 narxi va jihatlari bilan tanishing!

Xiaomi kompaniyasi yaqinda Redmi S2 rusumli devaysini taqdim etgan edi. Bu – asosan selfi ishqibozlariga mo‘ljallangan, qo‘sh kamerali, metall korpusli smartfondir.

O‘QING: "Malika"dagi "selfi-killer" — Redmi S2'ni o‘rganamiz

Turli xabarlarga ko‘ra, xitoylik smartfonsoz bugun – 7 iyundayoq uning modernizatsiya qilingan talqini – Xiaomi Redmi Y2 modelini taqdim etadi. U rivojlanayotgan Hindiston bozoriga mo‘ljallangan bo‘lib, faqat Amazon India platformasi orqali sotiladi.

O‘tgan yilning noyabrida taqdim etilgan Xiaomi Redmi Y1 selfifonining 16 megapikselli old kamerasi «sun’iy idrok» tizimiga va yorug‘lik-diodli fotochaqnoqqa ega. Uning izdoshi – Redmi Y2 ham shunday kamera va biroz kuchaytirilgan jihatlarga ega bo‘lishi aytilayotir.

O‘QING: Xiaomi’ning selfisevarlarga sovg‘asi – Redmi Y1 va Redmi Y1 Lite taqdim etildi

Xullasi kalom, insayderlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi Redmi Y2 smartfoni quyidagicha texnik xususiyatlarga ega:

  • Displey: 5,99 dyuymli, HD+ formatli, 2,5D himoya shishali, tomonlari 18:9 nisbatli;
  • Protsessor: Qualcomm Snapdragon 625, takt chastotasi 2,0 gigagers;
  • Xotira: 3/32 yoki 4/64 GB; yana 256 GBgacha hajmli microSD uyachasi bor;
  • Asosiy kamera: 12 + 5 MP, yorug‘lik-diodli chaqnoq;
  • Old kamera: 16 MP, yorug‘lik-diodli chaqnoq, «sun’iy ong» asosidagi AI portret hamda AI beauty konfiguratsiyali;
  • Operatsion tizim: Android 8.1 Oreo bazasidagi MIUI 10 proshivkasi;
  • Akkumulyator: 3080 mA/soatlik Li-Ion;
  • Barmoq izi skaneri: orqa panelda.

Xiaomi Redmi Y2 smartfoni uch xil – pushti tillarang, tillarang va kumushrang korpuslarda taqdim etiladi. Uning 3 gigabayt tezkor xotirali talqini 999 yuanga baholanishi taxmin qilinayotir, bu taxminan 156 AQSh dollariga teng keladi. Smartfonning 4 gigabaytlik xotiraga ega versiyasi esa 1299 yuan (taxminan 203 dollar) bo‘lishi mumkin.

Ushbu smartfon bilan deyarli bir xil bo‘lgan Xiaomi Redmi S2 modeli esa, yaqindagina rasman taqdim etilgan bo‘lsa-da, allaqachon O‘zbekiston bozorlariga ham yetkazilgan.

O‘QING: Redmi S2 va boshqa Xiaomi smartfonlari narxlari (2018 yil 4 iyun) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!