Bunaqasi bo‘lmagan: «Alisa»ga 22 million martadan oshiq sevgi izhor qilishibdi!

  •   DiMaX
  •  2612
  •  15.02.2019 16:22

Bunaqasi bo‘lmagan: «Alisa»ga 22 million martadan oshiq sevgi izhor qilishibdi!

G‘arbda «Avliyo Valentin kuni» sifatida nishonlanuvchi 14 fevral sanasida «Yandeks» servisi vakillari qiziq tadqiqot o‘tkazishdi. Ular «Alisa» ovozli yordamchisi bilan gaplashganlar jami necha marta sevgi izhor qilishganini tekshirishdi.

O‘QING: Tanishing: Alisa – Rossiyaning ilk intellektual ovozli yordamchisi

Shunday qilib, «yaralganidan» buyon «Alisa» 22 million martadan oshiq sevgi izholarini eshitgan. Oxirgi bir haftaning o‘zida bu ovozli yordamchi 350 mingtacha kishi dil izhori qilgan bo‘lsa, aynan 14 fevralda sevgi so‘zlari avjiga chiqqan.

Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashlaricha, «Seni sevaman», «Menga yoqib qolding» qabilidagi ushbu izhorlar kimlar tomonidan aytilayotganini ular kuzatishmaydi va bilishmaydi.

O‘QING: Alisaning raqibi paydo bo‘ladi. Uning oti Marusya!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!