Bunaqasi bo‘lmagan: firibgarni shrift fosh etdi!

  •   DiMaX
  •  1022
  •  18.01.2019 14:52

Bunaqasi bo‘lmagan: firibgarni shrift fosh etdi!

Kanadalik tadbirkor Jerald Makgoy (Gerald McGoey) bankrot bo‘lib, qarzlarini qoplash uchun mol-mulki musodara qilinadigan bo‘lgan. Lekin uning sudga aytishicha, mol-mulki o‘zining emas, balki xotinining nomida ekan – uni musodara etish mumkin emas.

O‘QING: Ehtiyot bo‘ling! Internetda firibgarlik ko‘paymoqda

Biznesmen bu haqdagi hujjatlarni sudga taqdim etganida, ekspertlar ularning qalbaki ekanini payqab qolishdi. O‘ziyam nimasidan deng – yozuvining shriftidan!

Gap shundaki, uy-joy hujjatlaridagi barcha yozuvlar 2004 yilda yaratilgan Calibri shriftida yozilgan ekan, hujjatlar sanasi esa – 1995 yilga to‘g‘ri keladi. Yana bitta hujjat esa Cambria shriftida terilgan – bu shrift ham 2004 yili yaratilib, 2007 yildagina ommalashgan.

Shu tariqa, Jerald Makgoy mol-mulkidan ajralishdan tashqari, yana sudni aldashga uringani va qalbaki hujjat tayyorlagani uchun ham javobgarlikka tortiladigan bo‘lyapti.

O‘QING: Microsoft Word’dagi maxfiy konverterni faollashtiramiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!