Bunaqasi bo‘lmagan: Galaxy A6 smartfonidan avval uning videoqo‘llanmasi chiqdi!

  •   DiMaX
  •  2512
  •  01.05.2018 18:06

Bunaqasi bo‘lmagan: Galaxy A6 smartfonidan avval uning videoqo‘llanmasi chiqdi!

Samsung kompaniyasining ko‘pchilik kutayotgan navbatdagi smartfonlari – Galaxy A6 hamda Galaxy A6 Plus modellarining taqdimot sanasi hanuz aniq emas. Biroq  bu devayslarning turli jihatlari haqidagi ma’lumotlar, ularning suratlari va render videolari ham tarqalgan.

O‘QING: Hali taqdim etilmagan Galaxy A6+’ni ilk videoda ko‘ring!

Janubiy koreyalik texnogigantning rasmiy do‘konlaridan biri esa allaqachon Galaxy A6 rusumli telefonini ishlatish haqida videorolik ham suratga olishibdi. Unda mazkur smartfonning asosiy funksiyalari ham sanab, ulardan qanday foydalanish ko‘rsatib berilgan.

Ataylabmi yoki bexosdanmi, xullas, ushbu videoqo‘llanmani internetga ham chiqarib yuborishibdi. Keling, mazkur videolavhani birga tomosha qilamiz:

Ko‘rganingizdek, bu yerda Samsung xodimasi Galaxy A6 modelining bir qator «fishka»larini bayon etgan. Bunda asosiy e’tibor kameralarning imkoniyatlariga qaratilgan. Ular orasida AR-stikerlar, old kamerada chaqnoq yordamida selfi olish kabilar alohida ta’kidlangan.

Videorolikda ta’kidlanishicha, bu smartfonning har ikkala kamerasi 16 megapiksellik datchikka ega. Shuningdek, Galaxy A6 diagonaliga 5,6 dyuymlik, tomonlari o‘zaro 18,5:9 nisbatdagi Super AMOLED-displey bilan ta’minlanganligi ham tasdiqlangan.

Garchi Galaxy A6 hamda Galaxy A6+ modellarining qachon taqdim etilishi va bozorga chiqarilish sanasi, shuningdek narxi hozircha aniq bo‘lmasa-da, Samsung kompaniyasining ayrim modellardagi smartfonlarini yurtimizda ham xarid qilish mumkin.

O‘QING: Arzonlashgan va O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriladigan Samsung smartfonlari narxlari (2018 yil 26 aprel)