Bunaqasi bo‘lmagan: Galaxy Note 9 buyurtmachilarga Samsung Smart TV sovg‘a!

  •   DiMaX
  •  3165
  •  30.07.2018 10:16

Bunaqasi bo‘lmagan: Galaxy Note 9 buyurtmachilarga Samsung Smart TV sovg‘a!

Samsung kompaniyasining to‘qqizinchi avlod planshetofoni taqdimotiga o‘n kuncha vaqt qolganida, uning narxlari ham ma’lum bo‘ldi. Internetda ushbu ma’lumotlar tushirilgan reklama posteri tarqalmoqda.

O‘QING: Samsung, nihoyat, Galaxy Note 9’ning ilk rasmiy videolarini chiqardi

Unga ko‘ra, fabletning 128 gigabayt hajmli doimiy xotiraga ega talqini 935 AQSh dollariga baholangan. Undan to‘rt baravar ko‘p – 512 gigabaytlik xotiraga ega Galaxy Note 9 uchun esa 1210 dollar to‘lanadi. Posterda aks ettirilgan smartfon ranglarini manbalar Mystic Black, Engineered Blue hamda Artisan Copper deb nomlashmoqda.

Reklama posterida Galaxy Note 9 narxlari bilan birga, unga oldindan buyurtma rasmiylashtirgan xaridorlarga taqdim etiluvchi bonuslar haqida ham ma’lumot berilgan. Unga ko‘ra, janubiy koreyalik gigant o‘zining yangi smartfonlariga Samsung Smart TV «aqlli» televizorlarini qo‘shib beradi. 128 yoki 512 gigabaytlik xotiraga ega fablet buyurtmachilariga tegishlicha 32 yoxud 40 dyuymlik diagonalli televizorlar bonus tarzida hadya etadi.

Galaxy Note 9 modelining taqdimoti 9 avgustda bo‘lib o‘tadi, unga oldindan buyurtmalar qabul qilish esa 19 avgustda Hindistonda boshlanadi. Bonuslarning barcha hududlardagi buyurtmachilarga taqdim etilish-etilmasligi hozircha aniq emas.

O‘QING: Xitoyda "Galaxy Note 9" 100 dollardan sotuvga chiqdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!