Bunaqasi bo‘lmagan: g‘isht o‘rniga iPhone’lardan devor qurishdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  889
  •  05.06.2020 17:42

Bunaqasi bo‘lmagan: g‘isht o‘rniga iPhone’lardan devor qurishdi! (+video)

TikTok ijtimoiy tarmog‘ida «minhhienapple» nikli foydalanuvchi antiqa videolavha e’lon qildi. Unga ko‘ra, Vetnamda eski iPhone’larni terib devor qurishgan.

O‘QING: TikTok haqida 10 statistika

Uy atrofini o‘rab turuvchi to‘siq turli rusumlardagi ayfonlardan yasalgan, ular orasida, masalan, iPhone 6 hamda iPhone 7 yaqqol ko‘rinib turibdi. Antiqa «qurilish materiali»ning ranglari ham, o‘lchamlari ham turlicha. Ayfon terib qurilgan devor qiziq ko‘rinishidan tashqari, mustahkam ham bo‘lsa kerak.

Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, videolavhani e’lon qilgan vetnamlik servis markazida ishlaydi, shu bois ham bu qadar ko‘p iPhone korpusi to‘plashga erishgan.

O‘QING: Mazkur tarmoqda bitta reklama 25 dona iPhone 11 Pro narxiga teng, lekin bu hali holvasi!