Bunaqasi bo‘lmagan: iPhone’dan barcha tugmachalar va quvvatlash porti olib tashlanadi!

  •   DiMaX
  •  1934
  •  22.06.2018 14:37

Bunaqasi bo‘lmagan: iPhone’dan barcha tugmachalar va quvvatlash porti olib tashlanadi!

Smartfonsozlik sanoatida ko‘pincha Apple korporatsiyasi turli texnologiyalarning ilk tatbiq etuvchisi hisoblanishini bilamiz. Mobil qurilmalaridan quloqchin tirqishi, «Uyga» tugmachasi va boshqa ayrim elementlarni birinchi bo‘lib olib tashlagan ham shu kompaniya bo‘ladi, qolganlar esa unga ergashishadi.

O‘QING: iPhone ko‘z harakati bilan boshqariladi

Kupertinoliklar endi o‘z smartfonlari korpusidagi moddiy elementlarni yanada qisqartirishga harakat qilishmoqda, deb yozadi PhoneArena nashri. Ya’ni, kelajakda iPhone’lardagi kabel ulanuvchi Lightning tirqishi bo‘lmaydi. Shuningdek, ayfonlar moddiy tugmachalaridan ham mahrum qilinadi.

Yaqinda Bloomberg nashri tomonidan e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, Apple allaqachon bunga jiddiy kirishgan, ammo mazkur g‘oya vaqtinchalik kechiktirilgan. Chunki hali simsiz quvvatlash texnologiyasining o‘zi ham takomillashtirishga muhtoj. Yana bir tomoni – jamlanmaning tarkibiy qismi sifatida smartfonning qadog‘iga simsiz quvvatlash uskunasini ham solish uning narxi yanada oshishiga olib keladi. Yoki Apple uni alohida sotishni rejalashtirganmikan?

O‘QING: iPhone X tannarxi hisoblandi: qiymatning 74 foizi Apple’ning foydasi ekan!

Vaziyat bilan tanish manbalarning xabar berishlariga ko‘ra, Apple korporatsiyasi 2019 yilgi ayfonlarida USB Type-C portini qo‘llashni rejalashtirgan. Aftidan, bu ham uzoq muddat davom etmasa kerak – axir, kupertinoliklar umuman portsiz va tugmachasiz iPhone chiqarishni ko‘zlashmoqda.

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, iPhone va iPad’larda hamisha boshqa kompaniyalar mahsulotlaridan farq qiluvchi – o‘zigagina xos portlar bo‘lgan. Jumladan, 2007 yilgi ilk ayfondan boshlab to iPhone 4s modeligacha 30 kontaktli tirqish qo‘llangan. 2012 yilning 12 sentyabrida esa, iPhone 5 bilan birga Lightning porti ham taqdim etilgan. O‘sha kuni namoyish etilgan to‘rtinchi avlod Apple iPad esa, Lightning-tirqish bilan jihozlangan ilk planshet edi.

O‘QING: iPhone 9’ning ilk suratlari va videosi: skaner ekranning o‘zida!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!