Buxoroda robot davlat xizmatlari haqida ma’lumot bermoqda

Buxoroda robot davlat xizmatlari haqida ma’lumot bermoqda

Buxoroda Davlat xizmatlari markazida davlat xizmatlarini olish jarayoni haqida so‘zlab beradigan robot qo‘yildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati xabar qildi.

Bundan tashqari, bepul WiFi ga ulanish, kutish vaqti yanada mazmunli o‘tkazilishi uchun yaratilgan elektron kutubxonadan foydalanish mumkin. 

Shuningdek, mazkur markazda ilk bor avtomobil raqamlarini berish xizmati taqdim etish sinovdan o‘tkazilmoqda. Shu bilan birga, bu yerda eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish, biometrik pasport olish, FHDYo va notariat organlari xizmatlaridan foydalanish va boshqalar mumkin bo‘ladi. Umuman olganda, tashrif buyuruvchilar uchun 88 ta qabul oynalari va 100 dan ortiq davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

O‘QING: MDHning umumiy intellektual mulk bozori tashkil etilmoqda

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!