CES 2017: Oq rangli Xiaomi Mi Mix namoyish qilindi

CES 2017: Oq rangli Xiaomi Mi Mix namoyish qilindi

Bundan ikki oylar muqaddim Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Xiaomi Mi Mix nomli ramkasiz ekranga ega modelni omma e’tiboriga havola qilgan edi. Ta’kidlash kerak, model o‘zining innovatsion va futuristik ko‘rinishi bilan xalqaro miqyosda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. O‘shanda smartfon faqat qora rangda chiqarilgan edi.

Hozirda AQShning Las-Vegas shahrida o‘tkazilayotgan CES 2017 ko‘rgazmasida xitoylik shovvoz ushbu innovatsion smartfonning oq rangli versiyasini namoyish qildi, deb xabar bermoqda IXBT nashri. Hozircha oq rangli korpusga ega versiyaiing sotuvga chiqish sanasiga aniqlik kiritilmagan. Biroq kompaniya vitse-prezidenti Xyugo Barraning qayd etishicha, shbu model qora rangli versiyadan texnik parametrlar bo‘yicha farqlanmaydi.

Taxminlarga ko‘ra, model birinchi bo‘lib Xitoyda sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!