Chehrani tanib olish tizimi orqali odamni istalgan ijtimoiy tarmoqdan topsa bo‘ladi

  •   Saroy
  •  3041
  •  09.08.2018 17:13

Chehrani tanib olish tizimi orqali odamni istalgan ijtimoiy tarmoqdan topsa bo‘ladi

Trustwave tadqiqotchilari  Social Mapper ochiq kirish kodi bilan yangi tizimni yaratdilar, undan ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchini kuzatib borishda yuzni tanish uchun foydalaniladi. Tadqiqotchilar tomonidan yaratilgan xavfsizlik, ijtimoiy muhandislik yordamida zaif tomoni aniqlanadi va tizim avtomatik tarzda Facebook, Instagram, Twitter, LinkedIn va boshqa tarmoqlarda ism va fotosuratiga qarab profillarni topadi.

Odatda bu kabi qidiruvlar qo‘lda bajariladi, ammo jarayon avtomatlashtirilsa, u yanada tez bajariladi va yana bir nechta foydalanuvchi uchun bir vaqtda, hatto yuzlab yoki minglab odam bo‘lsa ham. Social Mapper API ijtimoiy tarmog‘iga kirishni talab qilmaydi.

Tizim avtomatik tarzda brauzer oynasida qidiruvni qo‘lda bajaradi, so‘ngra esa  birinchi 10-20 ta natija bo‘yicha yuzni tanish tizimini ishga soladi. Bunday qidiruv 15 soatda 1000 kishini ko‘rib chiqadi.