Chirchiqda mobil telefonlarni o‘g‘irlab kelgan o‘smir qo‘lga olindi

Chirchiqda mobil telefonlarni o‘g‘irlab kelgan o‘smir qo‘lga olindi

Toshkent viloyati Chirchiq shahri ichki ishlar bo‘limi xodimlari mobil telefon o‘g‘risini qo‘lga olishdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, noma’lum shaxs Chirchiq shahrida yashovchi 17 yoshli fuqaroning Samsung rusumli qo‘l telefonini besabab ochiqdan-ochiq tortib olgan, shundan so‘ng, zudlik bilan voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan. Jabrlanuvchi esa bo‘lib o‘tgan hodisa haqida ichki ishlar xodimlariga xabar qilgan.

Huquqni muhofaza qilish xodimlari tezkor surishtiruv-tergov ishlari olib borishdi va natijada mobil telefon o‘g‘risini aniqlashdi. Bunday talonchilikni shu shaharda yashovchi yigit sodir etganligi fosh etildi.

Ayni vaqtda gumondor shaxs qo‘lga olingan. Unga nisbatan jinoyat ishi ochilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!