Chromebook 13 va 13 Spin’ning afzalliklari nimada?

  •   Saroy
  •  945
  •  24.05.2018 15:31

Chromebook 13 va 13 Spin’ning afzalliklari nimada?

Acer kompaniyasi o‘zining o‘yin seriyali noutbuklari va PK’dan tashqari, xrombuklarining yangi modellari — Chromebook 13 va Chromebook 13 Spin’larni namoyish etdi.

Chromebook 13 va 13 Spin metall korpusga hamda  2256×1504 pikselli  IPS-displeyga ega. Bundan tashqari, Chromebook 13 Spin modelining ekrani sensorli bo‘ldi. U 360 daraja burchakgacha bukiladi va noutbukni amalda planshetga aylantiradi.  Wacom EMR stilusi, ikkita USB Type-C, USB 3.0 portlariga, shuningdek, microSD kartasi uchun slotga ega. Qolaversa, u Wi-Fi 802.11ac va Bluetooth 4.2. modullari bilan jihozlangan.

O‘QING: 2018 yilning eng yaxshi noutbuklari (15 may)

Yangi qurilmaning qalinligi 17 mm, og‘irligi esa,  1,6 kg. Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, ikkala xrombuklar ham bitta zaryadkada ishlaydi va quvvati 10 soatga yetadi. Yangi leptoplar ilovani  Google Play onlayn-magazindan yuklay oladi.

Chromebook 13 modelining bazaviy komplektatsiyasiga Celeron 3865U protsessori kiradi. Chromebook 13 Spin’ ni esa bir yo‘la Intel Core i3-8130U bilan jihozlashgan. Qimmat versiyasiga Intel Core i5-8250U' o‘rnatilgan. OZU’ning  eng yuqori sig‘imi 16 GB, ichki xotirasi  — 128 gigabayt.

O‘QING: Chrome OS tizimli ilk planshetni Acer taqdim etdi

Yangi Acer Chromebook 13 va 13 Spin xrombuklari iyun oyida savdoga chiqadi. Uning narxi AQSh bozorida 399 dollar, Yevropada ham shu narx, faqat yevroda.

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!