Chuwi brendi 5 mln pikselli displeyga ega LapBook’ni taqdim qildi

Chuwi brendi 5 mln pikselli displeyga ega LapBook’ni taqdim qildi

Faoliyatini 2004 yilning sentyabr oyida diagonali 1,1 dyuym displeyli mp3 pleyer tayyorlash bilan boshlagan Chuwi kompaniyasi ayni paytda Xitoyning yetakchi planshet va noutbuk ishlab chiqaruvchilaridan biridir.

Chuwi shu vaqtgacha 15,6 va 14,1 dyuym ekranda ishlab chiqarilayotgan LapBook noutbuklar turkumini yana bir yangi model bilan boyitdi. Bu galgi yangi gadjetning ekrani 12,3 dyuymni tashkil qiladi.

LapBook 12.3 modelida 2016 yilda taqdim qilingan, o‘rta narxli devayslarga mo‘ljallangan 4 yadroli Intel Celeron N3450 (Apollo Lake) protsessori o‘rnatilgan. Ma’lumotlarni qayta ishlashning texnik jarayoni 14 nanometr bo‘lgan yadrolarining har biri 1,1 dan 2,2 GGs bo‘lgan chastotata tezligida ishlaydi. Shuningdek, noutbukda Intel HD Graphics 500 video-kartasi o‘rnatilgan.

Noutbukdagi operativ xotira sig‘imi 6 GB, doimiy xotira esa 64 gigabayt. Ishlab chiqaruvchi hech bir ikkilanishsiz yangi noutbukka piksel sig‘imi 2736 x 1824 belgiga teng displey o‘rnatdi. Bu — Microsoft Surface Pro’ning ekrani bilan bir xil va MacBook noutbuklarinikidan yuqori degani. Yuqori sig‘imli Retina-ekran kichik detallarni ham aniq-ravshan ko‘rish imkonini beradi. Deyarli 5 mln pikselli Chuwi Lapbook 12.3 tasvirdagi har bir nuqtaning rangini farqlashingizga yordam beradi.

LapBook 12.3 Wi-Fi tarmog‘ining 2,4-5 GGs diapazonlarida ishlaydi. Yupqa va ixcham dizayndagi noutbukning o‘lchamlari : 300x223x16,7 mm, vazni esa 1,45 kg. LapBook 12.3’ning aprel oyi oxirlarida 300 AQSh dollaridan sotuvga chiqishi kutilmoqda. Eslatib o‘tamiz, ayni paytda eng arzon Microsoft Surface Pro 800 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!