Chuwi Hi Power – ikki tomonlama tezkor zaryadlanadigan tashqi akkumulyator

Chuwi Hi Power – ikki tomonlama tezkor zaryadlanadigan tashqi akkumulyator

Android va Windows operatsion tizimlari bazasida planshetlar ishlab chiqaradigan Xitoyning Chuwi kompaniyasi 10 500 mA/st sig‘imidagi Hi Power portativ tashqi zaryadlash qurilmasini tayyorladi. Hi Power ikki taraflama (kirish/chiqish) QuickCharge 3.0 (18 Vt) standartidagi tezkor zaryadlash funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi va Qualcomm tomonidan maxsus sertifikatga ega.

id183585

Qurilmaga LG va Panasonic firmalari tomonidan yaratilgan katta sig‘imdagi akkumultorlar, shuningdek, Texas Instruments kompaniyasiga tegishli to‘qqiz bosqichli quvvat kontrellarlari o‘rnatilgan.

Chuwi Hi Power’ning foydali ish koeffitsiyenti 93%ni tashkil etadi. Bundan tashqari, u Apple va BC1.2 tezkor zaryadlash texnologiyalari bilan mos keladigan AiCharge opsiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Portativ akkumulyator yupqa va yengil korpus bilan ajralib turadi. Hozircha qurilmaning narxi borasida ma’lumot berilmagan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!