Core i9-10000 - Intel'ning yangi lineykasi

Core i9-10000 - Intel'ning yangi lineykasi

Intel kompaniyasi Core i9-9980XE (test), Core i9-9990XE, shuningdek Core i9-9900K (test) protsessorlari bilan nafaqat Skylake arxitekturasi imkoniyatlarini chekladi, balki o‘z lineykasi nomlanishida o‘ng minglik marrani ham zabt etdi. Shuning uchun foydalanuvchilar yangi protsessorlar qanday nomlinishini taxmin qilishni boshlab yuborishdi.

Asus’ning sharofati bilan, Cascade Lake-X protsessorlari asosida Core i9-10000 lineykasini shakllantirishi ma’lum bo‘ldi. Aniq modellar nomi aniq emas, ammo ayni damdagi CPU’ga qarab buni taxmin qilish mumkin.

Shuningdek ekrandan olingan skrinda avvalgi PCIe (kompyuter shinasi) kabi 44 qator emas, balki 48 qatordan tashkil topganini ko‘rish mumkin.

Ushbu platalarning yana bir o‘ziga xosliklaridan biri unga ayni damdagi 128 GB o‘rniga 256 GB operativ xotira o‘rnatish mumkinligidir. Ammo CPU’ning tuzilishi hisobga olganda ushbu o‘zgarishning kimgadir foydasi tegishi amri mahol.

O‘QING: Terashop.uz’dagi kuchli (uch million so‘mdan oshiq) noutbuklar narxlari (2019 yil 18 iyul)