Davlat xizmatlari agentligi ochiq ma’lumotlar platformasini ishga tushirdi

Davlat xizmatlari agentligi ochiq ma’lumotlar platformasini ishga tushirdi

Davlat xizmatlari agentligi tomonidan Buyuk Britaniya tajribasi asosida, aniqrog‘i, Britaniyaning «Companies House UK»ga o‘xshash, ammo mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan maxsus platforma ishga tushirildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi o‘zining telegram-kanali orqali ma’lum qildi.

Uning yordamida tadbirkorlik sub’yektlari (yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor) haqida asosiy ma’lumotlarni ochiq, onlayn ravishda olish imkoniyatini yaratish ko‘zda tutilgan. Mazkur servisning asosiy vazifalaridan biri — fuqarolarga kelajakdagi hamkorlari bilan aloqalarni o‘rnatishda firibgarliklarni oldini olishdan iborat.

Potensial biznes sherik haqida ikkita portal orqali onlayn ma’lumot olish mumkin:

fo.birdarcha.uz;

my.gov.uz.

Agentlikning qayd etishicha, avvalgi ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarni shaffof tarzda taqdim etish imkoniyati mavjud bo‘lmagan, bu esa investorlarning yuridik shaxs tug‘risida to‘liq ma’lumot olish imkoniyatini cheklagan edi.

Endilikda mazkur tizim ro‘yxatdan o‘tgan sanadan tortib, boshqaruvchi to‘g‘risida ma’lumot, agar yuridik shaxslar haqida gapiradigan bo‘lsak, muassislar va ularning ustav jamg‘armasidagi ulushiga tegishli mavjud ma’lumotlarni avtomatik tarzda taqdim etadi.

Sizdan faqatgina tegishli tadbirkorlik sub’yektini STIR-raqamini kiritish talab etiladi, xolos.

O‘QING:  Buxoroda robot davlat xizmatlari haqida ma’lumot bermoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.