Dimensity 1200 chipi va 12GB tezkor xotiraga ega Redmi K40 Gaming Edition smartfoni taqdim qilindi

Dimensity 1200 chipi va 12GB tezkor xotiraga ega Redmi K40 Gaming Edition smartfoni taqdim qilindi

Redmi o‘zining K40 Gaming Edition qurilmasi bilan o‘yinbop smartfonlar olamiga kirib keldi.

K40 Gaming Edition smartfonida kuchli geyming smartfonida bo‘lishi kerak bo‘lgan barcha jihatlar: 120Hz chastotali ekran, 480Hz sensor sezgirlik darajasi, boshqaruvni oshirish uchun mexanik triggerlar va 67 Vt tokda 42 daqiqa ichida to‘liq quvvatlanuvchi 5,000 mAs akkumulyator bor.

O‘QING: Xiaomi besh daqiqada 300,000 dona Redmi K40 sotdi

Redmi K40 Gaming Edition smartfoniga 6 nanometrlik jarayon asosiga qurilgan Dimensity 1200 chipi o‘rnatilgan bo‘lib, qurilma operativ xotirasi 6GB, 8GB yoki 12GBni tashkil etadi. Xotira konfiguratsiyalari esa 6GB/128GB, 8GB/128GB, 8GB/256GB, 12GB/128GB va 12GB/256GBni tashkil etadi.

Smartfon grafin, grafit va bug‘ bo‘lmasi kombinatsiyasi yordamida sovitiladi. Maxsus parrak yoki parrak aksessuari mavjud emas.

Ekran sifatida 6.67 dyuym diagonalga ega 2,400x1080p AMOLED ekran tanlangan. Displey 10-bitli (1.067 mlrd) ranglarni aks ettira oladi, HDR10+ ni qo‘llab-quvvatlaydi, DCI-P3 maydonidagi ranglarni qamrab olgan va 120Hz kadr yangilanishi chastotasiga ega.

Uchta kamerali modulning yuqori va pastki tomonida aksentli yoritkich va LED chirog‘i joylashgan. Asosiy kamera 64MP rezolyutsiyali, 1/2.0 dyuym kattalikdagi Quad Bayer kamerasi bo‘lib, unga 8MPlik ultrakeng va 2MPlik makro kameralar sherik qilingan.

Smartfonning pastki va tepa tomonida JBL tomonidan sozlangan stereo dinamiklar joylashgan. Bundan tashqari, qurilma Hi-Res Audio va Dolby Atmos'ni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Redmi K40 Gaming Edition 30 aprel sanasidan boshlab, bazaviy 6GB/128GB talqin uchun 310 dollar narxda sotuvga chiqadi. Eng yuqori konfiguratsiyali 12GB/256GB talqin esa 420 dollar turadi.

Shuningdek, sariq orqa panel va sariq aksessuarlarga ega maxsus, ekslyuziv Brus Li talqinidagi Redmi K40 Gaming Edition ham mavjud.

O‘QING: vivo V21 seriya smartfonlari taqdim qilindi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.