Diqqat: IIBB mash’um virtual o‘yindan ogohlantiradi – qurbonlar bor!

  •   DiMaX
  •  7167
  •  10.08.2018 13:08

Diqqat: IIBB mash’um virtual o‘yindan ogohlantiradi – qurbonlar bor!

Keyingi yillar ichida o‘smir-yoshlarni internet orqali qaltis o‘yinlarga jalb etib, ularni hatto xudkushlikkacha yetaklovchi «o‘yin»lar paydo bo‘lmoqda. Afsuski, ularning ayrimlariga o‘zbekistonlik yoshlar ham o‘ralashib qolishi hech gap emas...

O‘QING: Ehtiyot bo‘ling! «O‘lim guruhlari» Toshkentgacha yetib keldi!

Jahon ommaviy axborot vositalari internetda shunday yana bitta – «Momo» nomli virtual o‘yin paydo bo‘lgani haqida bong urmoqda, deb yozadi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi.

Momo – ayni damda asosan WhatsApp messenjeri orqali tarqatilayotgan xavfli virtual o‘yin bo‘lib, allaqachon bir qancha mamlakatlarga yoyilib bo‘lgan. U o‘smir-yoshlarning ruhiyatiga salbiy ta’sir etishi haqidagi jiddiy xavotirlar aks etgan xabarlar mavjud.

Jumladan, Argentina poytaxti – Buenos-Ayres shahrida yaqinda 12 yashar qiz o‘z joniga qasd qilgan. Mazkur ishni o‘rganishga kirishgan politsiyachilar uning telefonida Momo o‘yini mavjudligini aniqlashgan.

O‘QING: «Siniy kit» 7 sinf o‘quvchisiga dahshatli topshiriq berdi

Xorijiy nashrlarning yozishlaricha, ushbu qaltis o‘yin WhatsApp messenjerining o‘zidagi muloqotdan boshlanmaydi. Momo kuratorlari, birinchi navbatda, turli ijtimoiy tarmoqlar va forumlarda bo‘lajak o‘yinchilarni, aniqrog‘i – «qurbon»larni izlashadi. Ular o‘smirlarga zo‘ravonlik sahnalari aks etgan qo‘rqinchli fotosuratlar va videolar tarqatishadi, keyin esa turli buyruqlar berib, bajarishga majbur etishadi. Rad etganlarga kuratorlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid qilishadi, rozi bo‘lganlarga esa zo‘ravonlik aks etgan foto va videolar kelishda davom etaveradi.

Shu bilan birga, kuratorlar o‘yin ishtirokchilaridan shaxsiy ma’lumotlarni so‘rab olishadi va aniq harakatlarni amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berishadi. O‘zining to‘g‘ri ism-sharifi, yashash va o‘qish joyi, oila a’zolari haqidagi muhim ma’lumotlarini kuratorlarga taqdim etib bo‘lgan o‘smir endi butkul ularning izmiga tushib, buyruqlarini bajarishga majbur bo‘ladi.

O‘QING: «O‘lim guruhlari»: qachon boshlangan, nega aynan ko‘k kit, buyruqlarni bajarmasa nima bo‘ladi?

Darvoqe, o‘yin uchun asos qilib olingan suratlarda tasvirlangan personaj – «Momo» kim o‘zi? Ma’lum bo‘lishicha, bu – yapon rassomi Midori Xayasi tomonidan yasalgan haykal. Unda shunchaki afsonaviy jonzod – qush oyoqli, yuzi ayolnikiga o‘xshash, faqat ko‘zlari o‘ta chaqchaygan va lablarida judayam bo‘rttirilgan tirjayish aks etgan.

Umuman olganda, yapon musavviri yaratgan haykalning qaltis virtual o‘yinga umuman aloqasi yo‘q. O‘yin kuratorlari shunchaki uning obrazini o‘zlarining g‘araz maqsadlari yo‘lida ishlatishmoqda.

O‘QING: OGOH BO‘LING! Yana «o‘lim guruhlari»!

Xabarga ko‘ra, nashrlardan birida Momo’ni yengish yo‘li ko‘rsatilgan: «O‘zingiz ishlatayotgan messendjerlar sozlamalariga kirib, faqat o‘z kontaktlar ro‘yxatingizdagi kishilardangina qo‘ng‘iroq keladigan qilib qo‘yish kerak. To‘g‘ri, WhatsApp’da bunday opsiya yo‘q, ammo undagi kontaktlar orasida, chatlarda, guruhli yozishmalarda «Momo» nikli yoki «avatarka»siga uning surati qo‘yilgan yuzer uchrasa, uni darrov bloklang».

Toshkent shahar IIBB barcha o‘smir-yoshlarni hamda ota-onalarni hushyorlikka chorlab, bu kabi qaltis o‘yinlarga aralashib qolmaslikka chaqiradi. Shuningdek, bu kabi holatlarga duch kelmasliklari uchun yaqinlaringizni ham ogohlantirishni tavsiya etamiz.

O‘QING: "Ko‘k kit" muallifiga tayinlangan jazo norozilikka sabab bo‘lmoqda

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!