Diqqat, sensatsiya: Apple endi «iPad X» tayyorlayapti!

  •   DiMaX
  •  1137
  •  04.10.2017 15:56

Diqqat, sensatsiya: Apple endi «iPad X» tayyorlayapti!

Kupertinolik gigant «yubiley ayfoni» bilan butun dunyoni hayratga solishda davom etar ekan, sodiq muxlislari uchun yana bitta yangilik tayyorlamoqda. Ya’ni, u iPhone X dizaynidagi yangi planshetini taqdim etadi, deb yozadi gagadget.com sayti.

Bu haqda, Apple planshetlarini ishlab chiqaruvchi Tayvandagi fabrika xodimi bo‘lgan manbaga tayanib Mydrivers resursi xabar bergan. Unga ko‘ra, yangi iPad inqilobiy dizaynda ega bo‘lib, xuddi iPhone X kabi, barmoq tegishi bilan ekran faol holatga o‘tadi.

Bunday planshetning yaratilishi hozircha so‘roq ostida bo‘lib turibdi. Sababi – hozirda bitta shunday gadjetning yasalishi uchun juda ko‘p vaqt sarflanadi, bu omil esa uni muntazam ishlab chiqarishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunaqa natija Apple rahbariyatini qoniqtirmasligi aniq; shu bois ular ishlab chiqarish jarayonini tezlashtirish ustida ishlamoqdalar. Agar kompaniya bunga erisha olmasa, «iPad X» ishlab chiqarilishi umuman keyinga qoldiriladi.

Bulardan tashqari, shu dizayndagi planshetni ishlab chiqarishdan avval, Apple hali o‘zining «yubiley ayfoni» qanday sotilishiga ham qaraydi. Undagi ekranga joylashtirilgan barmoq izi datchigiga beriladigan ijobiy va salbiy baholar ham yangi «iPad X» borasida bir qarorga kelishda inobatga olinadi. Shulardan kelib chiqib, bo‘lajak planshetning modifikatsiyasi, dizayni va ichki qismlariga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin. Agarda hammasi ko‘ngildagidek chiqqan taqdirda ham, inqilobiy «iPad X» baribir kamida 2018 yilning uchinchi choragida taqdim etiladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!