Diqqat, sensatsiya: Galaxy S8’ni aldash yo‘li topildi!

  •   DiMaX
  •  3009
  •  05.04.2017 18:15

Diqqat, sensatsiya: Galaxy S8’ni aldash yo‘li topildi!

Yaqinda Samsung kompaniyasi Nyu-Yorkda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Galaxy S8 hamda Galaxy S8+ flagman smartfonlarini rasman taqdim qilganidan xabaringiz bor. Unda ko‘plab innovatsion texnologiyalar joriy etilgan.

Shular qatorida alohida ta’kidlanayotgan bir jihati – bu smartfon o‘z egasining nafaqat barmoq izi va ko‘z pardasini skanerlashi, balki uning qiyofasini ham tanib olishi bo‘ldi. Ammo ayni shu joyiga kelganda, Samsung bir narsani inobatga olmagan ko‘rinadi. Chunki, bu yo‘l bilan himoyalangan yangi flagmanlarni aldash yo‘li topildi!

Gap shundaki, yuzni tanish texnologiyasi inson yuzidagi muayyan nuqtalarning joylashuvi orqali ishlaydi. Hi-Tech Mail.ru nashri esa, Galaxy S8’ni shu funksiya orqali aldash mumkin, degan mish-mishlarni sinab ko‘rdi va… Yaxshisi, buyog‘ini quyidagi videolavhada o‘zingiz ko‘rib oling:

Ko‘rib turganingizdek, yangi smartfonlar egalari o‘zlarining sevimli devayslarini bloklash uchun boshqa usullardan foydalanganlari ma’qul ekan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!