DIQQAT, SO‘ROVNOMA: Apple yaxshimi, yoki Samsung?

  •   DiMaX
  •  3092
  •  23.06.2017 13:16

DIQQAT, SO‘ROVNOMA: Apple yaxshimi, yoki Samsung?

Bilamizki, zamonaviy gadjetlar, xususan smartfon va planshetlar borasida mana shu ikki kompaniya yetakchi hisoblanadi. Har birining o‘ziga yarasha xaridorlari, o‘ziga xos ixlosmandlari bor.

Biz esa, saytimiz o‘quvchilari orasida bulardan qay birini xush ko‘ruvchilar ko‘proq ekanligini aniqlash uchun so‘rovnoma tashkil etishga qaror qildik. Mazkur so‘rovnomada qatnashing va $5 dan $15 gacha chegirmaga ega bo‘ling! Chegirma hamkorimiz tomonidan yetkazib berilayotgan, ishlab chiqaruvchining o‘z zavodida qayta ishlangan smartfonlarni sotib olishda amal qiladi. Chegirma miqdori esa xarid qilinadigan qurilma narxidan kelib chiqib belgilanadi.

So‘rovnomada ishtirok etish uchun mana bu (https://goo.gl/forms/3bElxKqSQWcRjctf2) manzilga o‘tib, Apple yoki Samsung orasidan o‘zingizga yoqqan biriga ovoz berishingiz lozim. Bunda ism-sharifingizni ham kiritishingiz talab etiladi, chunki u chegirmani olishda shaxsingizni aniqlash uchun kerak bo‘ladi.

Ovoz berganingizdan keyin maxsus sahifaga o‘tish uchun havola paydo bo‘ladi, u yerda esa ovoz berishning ayni damdagi holati bilan tanishishingiz mumkin. Ya’ni, u yerda o‘zingizdan oldin ovoz berganlarning ism-shariflari hamda qaysi kompaniya qancha ovozga ega ekanligi ko‘rinadi.

So‘rovnoma ertaga – 24 iyun kuni, soat 12:00da yakunlanadi va uning natijalari e’lon qilinadi. Marhamat, shungacha tegishli sahifaga (https://goo.gl/forms/3bElxKqSQWcRjctf2) o‘tib, o‘zingiz yoqtirgan kompaniyaga ovoz bering. Shuningdek, bu haqda do‘stlaringizga xabar berish uchun Facebook’dagi shu haqdagi postimizni (https://www.facebook.com/terabaytuz/posts/1092897690854280) o‘z profilingizda yoki guruhlarda ulashib (Podelitsya/Share qilib), ularni ham ovoz berishga taklif eting!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!