DIQQAT: Uzmobile abonentlarni firibgarlikdan ogohlantirmoqda

  •   DiMaX
  •  1448
  •  11.06.2018 14:33

DIQQAT: Uzmobile abonentlarni firibgarlikdan ogohlantirmoqda

Internet va axborot texnologiyalari rivojlangani sayin, jinoyatchilikning ular bilan bog‘liq turli ko‘rinishlari ham avj olayotganini kuzatish mumkin. Shu jumladan, messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar hamda uyali aloqa tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan firibgarliklardan ham ehtiyot bo‘lish lozim.

O‘QING: UzCard barcha plastik karta egalarini Telegram’dagi firibgarlikdan ogohlantirmoqda

Uzmobile aloqa operatorining abonentlariga firibgarlardan soxta qo‘ng‘iroqlar kelib tushayotgani haqida xabar bergan. Shu bilan bog‘liq holda, operator o‘z mijozlaridan, +882337111* hamda +881* prefiksli noma’lum raqamlardan keluvchi qo‘ng‘iroqlar va SMS-xabarlarga javob bermasliklarini va qaytib qo‘ng‘iroq qilmasliklarini so‘ragan. Shuningdek, SMS va qo‘ng‘iroqlarga ruxsat so‘rovchi mobil ilovalarni o‘rnatishda e’tiborli bo‘lish lozimligini ta’kidlagan.

Bugun – 2018 yil 11 iyunda operatorning ma’lum qilishicha, firibgarlardan kelib tushayotgan +881* prefiksli noma’lum qo‘ng‘iroqlarni bartaraf etish maqsadida tegishli xizmatlar tomonidan chora-tadbirlar amalga oshirilgan.

Hozirgi vaqtda +882 prefiksidan kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlar vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilgan.

O‘QING: Click bilan qiliq qilgan hisobchi qo‘lga olindi