Display Mate sinovida yangi rekord qo‘yildi

Display Mate sinovida yangi rekord qo‘yildi

Display Mate Samsung Galaxy S20 Ultra ustidan o‘tkazgan sinovi natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, qurilma paneli sinovning 12 ta jihati bo‘yicha yoki avvalgi rekord natijalarni qayd etgan, yoki ularni yangilagan. 

Smartfon paneliga A+ baho va sinovning 12 dan 5 ta qismidagi natija uchun «mukammaldan deyarli farq qilmaydi», deya izoh berildi.Yangi Galaxy'ning ekran yorug‘ligi S10'lardagidan 14% yorqinroq bo‘lib, smartfonda Yuqori yorug‘lik rejimi ham mavjud. Bu esa o‘rta va yuqori darajada yorug‘lik sharoitlarida qurilmadan foydalanish amaliyotini yaxshilaydi. Rejim yoqilganda displeyning yorug‘lik darajasi 823 dan 1 342 nitgacha bo‘ladi.

Sinov natijalari borasida batafsil ma’lumot olish uchun bu yerga bosing (ingliz tilida). Havola manbada oxirgi 10 yilda Samsung chiqargan qurilmalar (Nexus ONE'dan boshlab S20'gacha) displeyi taqqos ham qilingan.

O‘QING: Galaxy S20 Ultra necha daqiqada to‘liq zaryadlanadi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!