DJI Mavic 2 Pro va Zoom: Ilk kvadrokopter optik zum bilan namoyish etildi

  •   Saroy
  •  970
  •  24.08.2018 15:57

DJI Mavic 2 Pro va Zoom: Ilk kvadrokopter optik zum bilan namoyish etildi

DJI kompaniyasi yaqinda bo‘lib o‘tgan taqdimot marosimida ixcham Mavic 2 dronlarining ikkinchi avlodini namoyish qildi. Endi ular ikkita — Pro va Zoom. Birinchisi flagman  modeli bo‘ldi, ikkinchisi esa optik zumi bilan kameraga ega bo‘ldi.

Dizayn hamda korpusi va «qismlari» bo‘yicha ikkala model ham bir xil. Qurilmalar faqat kamera moduli bilan farq qiladi. Mavic 2 Pro’ni yaratishda DJI kompaniyasiga taniqli kamera ishlab chiqaruvchi Hasselblad kompaniyasi yordamlashdi. Unda 1-dyuymli formati 20 Mp bo‘lgan sensor bor. Kvadrokopter 10-bitli formati 4K va  HDR bilan bo‘lgan videoni suratga olish qobiliyatiga ega.

O‘QING:Uchuvchisiz uchar qurilma parvoz rekordini o‘rnatdi

Zoom versiyasidagi sensor kichikroq, lekin fokusi 24-48 mm masofada o‘zgarib turadigan ob’yektiga ega, u qo‘shilganda optik ko‘rinish ikkikarra kattalashadi. Dasturiy zum bilan moslashsa fotografiya va video uchun to‘rt barobar kattalashadi. Bu esa uzoqdan ham muhim ob’yektlarni suratga olsa bo‘ladi, masalan hayvonlarni.

Mavic 2 Zoom qurilmasida suratga olishning bir nechta yangi rejimlari paydo bo‘ldi, unda kamera modulining o‘ziga xos jihatlaridan foydalaniladi. Video uchun Dolly Zoom rejimini qo‘shish mumkin. Bunda dron suratga olish jarayonida kenglikni harakatga keltirish effektini yaratish uchun avtomatik tarzda fokus masofasini o‘zgartiradi.  48 Mp formatida fotosurat yaratish funksiyasi ham mavjud. Buning uchun kamera dastur asosida 9 ta suratni birlashtiradi. Ikkala modelda ham tasvirni optik barqarorlashtirish tizimidan foydalaniladi.

Bir marta quvvatlansa Mavic 2 31 daqiqagacha ishlaydi, parvozning eng yuqori tezligi soatiga 72 km.  Dronda dvigatel va qanotlari tizimi qayta ishlandi, shu bois yangi model juda sokin ishlaydi. Yangi qurilma ham avvalgi Mavic’ga o‘xshab ixcham yasalgan. Qanotlarining taxlanishi tufayli, uni har qanday sumkaga ham joylashtirish mumkin.

Yangi dron avvalgiga nisbatan qimmatlashgan.  Pro versiyasi uchun 1449  dollar to‘lash kerak, Zoom esa 1249 dollar turadi.

O‘QING:XXI asr suiqasdi: «dron-qotil» davri boshlandimi?

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!