DOOGEE MIX 2: kuchli smartfon aqlbovar qilmas narxda!

DOOGEE MIX 2: kuchli smartfon aqlbovar qilmas narxda!

iPhone X bilan bir vaqtda Xitoyning arzon smartfon ishlab chiqaruvchi DOOGEE kompaniyasi o‘zining uchinchi romsiz smartfoni -- DOOGEE MIX 2'ga oid qiziqarli jihatlarni tarmoqlar orqali e’lon qilib, ishqibozlarini diqqatini jalb qilib turdi. Bu devays yaqin kunlarda taqdim qilinadi.

Bugungi ilg‘or romsiz smartfonlar kabi, DOOGEE MIX 2'ning bo‘yi va eni nisbati 18:9 sm, ekran diagonali 5,99 dyuym bo‘lgan. Uning bosh raqibi MIX 2 bo‘lib, uning kameralari soni 4 ta! Ma’lumki, 11 sentyabrda taqdim qilingan MIX 2 1 ta old va 1 ta bosh kamera o‘rnatilgan.

5.99 dyuymli Doogee Mix 2 FHD+ (2160 x 1080 pikselli) displeyga ega bo‘lgan. Ya’ni, har dyuymdagi piksellar soni 403 ta! Ekran esa 2.5D effektiga ega bezak va himoya shishasi bilan qoplangan. Quvonarli tomoni ekran Super AMOLED matritsaga ega bo‘lgan. Aytish mumkinki, smartfon ekran masalasida bozordagi kuchli flagmanlar bilan raqobat qila oladi.

Eng hayratlanarlisi, DOOGEE MIX 2 ham Apple iPhone X kabi, 3D o‘lchamli qiyofa skaneriga ega bo‘lgan. Shu bilan birga, Doogee bu smartfonida barmoq izlari skanerini ham joriy qilgan.

DOOGEE MIX 2 chastota tezligi 2.5 Ggs bo‘lgan, 64 bitli va 8 yadroli Helio P25 protsessori, Mali T880 videokartasi bilan ta’minlangan. Uning tezkor xotira sig‘imi 6 gigabayt, doimiy xotira 128 gigabayt. Shuningdek, doimiy xotirani micro SD bo‘lmachasi yordamida 256 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin.

Aytib o‘tganimizdek, "4 ko‘zli" DOOGEE MIX 2'ning bosh kamerasi uchun 16 va 13 megapikselli, fazali avtofokus tizimiga ega, 4K video tasvirga oluvchi sensorlar, 2 tusli LED fotochaqnog‘i o‘rnatilgan.

Selfi kamera ham 2 ta sensorli -- 8 + 8 megapikselli. Bu kamera keng burchakda, ya’ni 130 daraja ostida suratga oladi.

2 ta sim-kartali DOOGEE MIX 2'ning akkumulyatori USB Type C orqali quvvat oladi va 4,060 mA soat elektr tokini jam qiladi. Smartfon Android 7.1 Nougat operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi.

Gadjet aloqaning WiFi, 3G, LTE-A, Bluetooth, GPS, A GPS, GLONASS tarmoqlarida ishlaydi. Unda akselerometr, yorug‘lik, oraliq-masofa, giroskop, ovoz hamda magnit sensor va datchiklari o‘rnatilgan.

Mobil gadjetlar bo‘yicha taniqli tahlilchi Evan Blassning ma’lum qilishicha, DOOGEE MIX 2 smartfoni 200 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi. Bu -- aqlbovar qilmas darajada arzon baho!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!