Dorilar va narxlari haqida mobil ilova orqali ma’lumot olasiz

  •   DiMaX
  •  4155
  •  13.07.2019 09:55

Dorilar va narxlari haqida mobil ilova orqali ma’lumot olasiz

2019 yil 12 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Sog‘liqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan matbuot anjumanida tashkil etildi. Ushbu tadbirda farmatsevtika sanoatidagi islohotlarga bag‘ishlangan dori-darmon sifatini nazorat qilish borasidagi ishlar xususida ham to‘xtalib o‘tildi, deb yozadi O‘zA.

O‘QING: Ilmda inqilob: Isroilliklar 3D-printerda odam to‘qimasidan jonli yurak chop etishdi! (+video)

– Xavotirga o‘rin yo‘q. Dori vositalarining sifati qat’iy nazoratda bo‘lib, sifatsiz dori vositalarining ishlab chiqarilishiga va chetdan yurtimizga kirib kelishiga aslo yo‘l qo‘yilmaydi, – dedi tadbirda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i Muhabbat Ibrohimova. – Shu maqsadda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Agentligi qoshida Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi faoliyat yuritayapti.

Vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Furqat Sanayevning ta’kidlashicha, ushbu markaz O‘zbekistonga kirib kelayotgan va ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining sifatini nazorat qiladi, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi. Mazkur muassasa tomonidan 2018 yil va 2019 yilning 1 mayiga qadar sifati talabga javob bermagani uchun 258 nomdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar, 43 nomdagi substansiyalarga muvofiqlik sertifikati berish rad etilgan.

Qayd etilishicha, bu boradagi ishlar yanada takomillishtirilib, dori vositalarini elektron tarzda nazorat qilish tartibi belgilanadi. Bunda xalqaro tajribalarni o‘rgangan holda yangi tizim joriy etilyapti. Unga ko‘ra, har bir import qilinayotgan va ishlab chiqarilayotgan dori vositasiga maxsus stikerlar yoki yorliqlar joylanib, dori rastalariga yetkaziladi. Kelgusida shu stiker yoki yorliqlar asosida aholi har bir dori va uning narx-navosi haqida mobil ilova orqali batafsil ma’lumot olishi mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Namanganda teletibbiyot tizimi joriy etiladi – u nima o‘zi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!