«Dronlar qotili»: «Kalashnikov»ning o‘z sinfidagi eng zo‘r quroli namoyish qilindi

  •   Saroy
  •  1821
  •  31.10.2018 12:09

«Dronlar qotili»: «Kalashnikov»ning o‘z sinfidagi eng zo‘r quroli namoyish qilindi

Moskvada XII chi  xalqaro  «Interpolitex-2018» ko‘rgazmasida   Rossiyaning elektron quroli bo‘lmish, REX 1 namoyish qilindi. Qurol noyob imkoniyatga ega bo‘lib, o‘zi uchar qurilmalarni tashqi signallardan uzib qo‘yadi va qurilma harakat qilolmay qoladi.

Dronlardan  allaqachon josuslik va qo‘poruvchilik vositasi sifatida foydalanishmoqda. Dushman (jumladan terrorchilar) havodan olgan ma’lumotlar asosida kutilmaganda transport bug‘unlariga hujum uyushtirishi mumkin hamda o‘z pozitsiyasini mustahkamlay oladi. O‘zi uchar qurilmalar nishonni aniqlaydi, bundan tashqari, u strategik muhim sanalgan ob’yektlarga portlovchi jangovar bombalarni tashlashga ham qodir.

O‘QING: Eng zamonaviy qurol-aslahalar nimaga qodir?

REX 1 radiusi 500 metr bo‘lgan hududda dronlarning  boshqaruv punkti bilan aloqasini uzib qo‘ya oladi. Agar sun’iy yo‘ldosh orqali bo‘lsa uning ta’sir hududi 2 kilometrgacha yetadi. Navigatsiyadan uzilgan dron yerga qulab tushadi. Shunda uni osongina topish mumkin va tekshirib ko‘rsa bo‘ladi.  REX 1 uzluksiz uch soatgacha ishlay oladi, vazni esa turdoshlariga qaraganda ancha yengil, ya’ni atigi to‘rt yarim kilogramm chiqadi. Yetmishsantimetrli qurol Selsiy bo‘yicha harorat  40 daraja sovuq bo‘lganda  ham, 50 daraja issiqda ham to‘xtamasdan o‘q uza oladi Hozirda rossiyaliklarning ixtirosi o‘zi uchar qurilmalardan himoyalanishda dunyodagi eng zo‘r qurol hisoblanadi, deya ta’kidlanadi mazkur xabarda.

O‘QING: Rossiyada dronlarni aniqlaydigan tizim yaratildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!