Do‘konga kirgan britaniyalik erkak 4 ta televizorni sindirdi (Video)

Do‘konga kirgan britaniyalik erkak 4 ta televizorni sindirdi (Video)

TJournal nashrining xabar berishicha, Buyuk Britaning Sent-Ostell (Kornoull grafligi) shahridagi media do‘konlarning biriga tashrif buyurgan xaridor bexosdan demo-zonada turgan to‘rtta televizorga zarar yetkazgan.

Erkak xaridor televizor bilan tanishish uchun tizzasi bilan cho‘nqayadi va to‘satdan oldidagi ketma-ket qo‘yilgan televizorlarni yiqitadi. Harakatidagi nazoratni yo‘qotgan xaridor qo‘li bilan orqasida turgan yana ikkita televizorni tushirib yuboradi.

Beso‘naqay erkak shunday qilib do‘konga besh ming funt (6 ming dollar) atrofida moliyaviy zarar keltirdi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!