Dunyo bo‘ylab Apple Watch, iPhone 7 va iPhone 7 Plus sotuvlari boshlandi

Dunyo bo‘ylab Apple Watch, iPhone 7 va iPhone 7 Plus sotuvlari boshlandi

Bugun Apple kompaniyasi o‘tgan hafta taqdim etilgan iPhone 7, iPhone 7 Plus va Apple Watch Series 2/ Watch Series 1 soatlarining global savdolariga start berdi.

Apple Watch Series 2/ Watch Series 1 soatlari bugun dunyoning 25 ta mamlakatida sotuvga chiqarilgan. Apple Watch Series 2 – 369 dollar, Apple Watch Series 1 esa 269 dollar narxida sotilgan.

iPhone 7 smartfonining narxi xotira versiyasiga qarab (32/128/256 GB) $649/749/849 narxida xarid qilingan. iPhone 7 Plus modeli ham xotira hajmiga asosan ((32/128/256 GB) $769/869/969 narxida sotilgan.

1474010044972

Eslatib o‘tamiz, ikkala smartfon besh xil rangda (oltinrang, kumushrang, pushti-oltinrang, yaltiroq qora va och qora) taklif etilmoqda. Qora rangdagi smartfonlar avvaldan buyurtma asosida global sotuvlarga qadar sotilib ketgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!