Dunyodagi eng mitti smartfondan qanday foydalanamiz (fotojamlanma)

Dunyodagi eng mitti smartfondan qanday foydalanamiz (fotojamlanma)

Avvalroq saytimizda Xitoyning Vphone kompaniyasi jahondagi eng kichkina smartfonni tayyorlayotgani to‘g‘risida ma’lumot bergan edik.

Kuni kecha internet tarmog‘ida mazkur modeldan kundalik hayotda qanday foydalanish mumkinligi aks ettirilgan bir nechta suratlar e’lon qilindi. Garchi qurilmadan foydalanish kishiga ortiqcha noqulaylik tug‘dirmasa-da, biroq uning xaridorgir bo‘lishiga mutaxassislar shubha bilan qarashmoqda.

Vphone S8 ekranining diagonali bor-yo‘g‘i 1,54 dyuymni tashkil qiladi, 2,5D shisha bilan qoplangan. Gadjetning o‘lchami  — 46,7 x 37,3 x 9,9 mm, og‘irligi 30 gramm. Eng qizig‘i, firma muhandislari mitti smartfonga 3,5 millimetrli audio slotni qo‘shishga ham muvaffaq bo‘lishgan.

Techsite nashrining yozishicha, mitti smartfon 30 dollar narxida sotuvga chiqariladi.

486852 486853

486851

486850