Yer yuzidagi eng yirik muzeyga ham endi onlayn tashrif buyuring! (+video)

  •   DiMaX
  •  1219
  •  30.04.2020 14:33

Yer yuzidagi eng yirik muzeyga ham endi onlayn tashrif buyuring! (+video)

Koronavirus pandemiyasi tufayli kishilar uylaridan imkon qadar chiqmayotgani sababli masofadan xizmat ko‘rsatish, onlayn servislar rivojlanmoqda. Yaqinda biz jahondagi barcha onlayn muzeylarni topish va ularga o‘tish uchun o‘ziga xos agregator vazifasini o‘tovchi Virtual Museums sayti haqida yozgan edik.

O‘QING: O‘zbekiston muzeylariga endi dunyoning istalgan nuqtasidan onlayn sayohat qilish mumkin!

Yer yuzidagi eng yiriklaridan sanalgan Britaniya muzeyi to‘rt yarim milliondan oshiq eksponatdan iborat kolleksiyaga ega. Muzey ma’muriyati ularning yarmidan ko‘prog‘ini suratga olib, o‘z saytiga joyladi.

Aytish kerakki, birinchi bosqichda taxminan 280 mingtacha suratni onlayn tomosha qilish imkoni taqdim etilgan. Ularni kattaytirib ko‘rish, panorama tarzida tomosha qilish mumkin.

Marhamat – uydan chiqmagan holda ushbu havola orqali British muzeyiga onlayn sayohat qiling, yoki mana bu havola orqali dunyodagi barcha virtual muzeylardan istalgan biriga o‘ting.

O‘QING: Samarqandda Smart-muzey ochildi – u Markaziy Osiyoda yagona!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!