Dunyoga darz ketadi: internetni ikkiga bo‘lishmoqchi

  •   Saroy
  •  1740
  •  25.09.2018 10:52

Dunyoga darz ketadi: internetni ikkiga bo‘lishmoqchi

Internet ikkita alohida qismga bo‘linmoqda, biri AQSh ixtiyorida bo‘lsa, ikkinchisi Xitoy nazoratida bo‘ladi.

Dunyoning bipolyar tizimi va sovuq urush allaqachon o‘tmishga aylangan. Shunga qaramay, tarix takrorlanib turish xususiyatiga ega. Birinchisi oshkora, ikkinchisi internetda. Yana 10-15 yildan keyin butunjahon o‘rgimchak tarmog‘i ikkita alohida segmentga bo‘linishi mumkin. Ularni shartli ravishda «demokratik» va «totalitar» deb atasa bo‘ladi.

Bunday manzarani Google’ning sobiq ijrochi direktori Erik Shmidt bashorat qilmoqda.

Erik Shmidt

O‘QING:Internet bo‘yicha "O‘zbektelekom" monopoliyasiga ham barham beriladi!

Yagona internet-makonning barbod bo‘lishi va uning bir nechta klasterlarga bo‘lingan fragmentlari haqida to‘xtalib, Erik Shmidt shunday deydi: AQSh va Xitoy tez orada tarmoqlarda o‘z nazoratini o‘rnatadi. Xitoyning  IT-kompaniyalari juda tez sur’atlarda yuksalib bormoqda, bozori ham faol kengaymoqda. Ammo Xitoy faqat  o‘zining xizmatini taklif etish bilan cheklanib qolmaydi, balki o‘zining tartibini o‘rnatishga ham harakat qiladi.

Shundan kelib chiqib aytish mumkinki,  dunyoning ayrim qismi  senzura va davlat nazorati o‘rnatilgan “xitoy internetidan” foydalanadi. Qolganlar esa hozirgi an’anaviy internet tizimidan foydalanishni davom etaveradi.

O‘QING:«Internet o‘charmish»: haqiqatmi yoki tuturiqsiz afsona

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!