Dunyoning ikkinchi raqamli boy odami tavsiya qilgan 5 ta kitob!

Dunyoning ikkinchi raqamli boy odami tavsiya qilgan 5 ta kitob!

Hozirgi vaqtda dunyoning 2-raqamli eng boy odami hamda “Microsoft” asoschisi Bill Geyts 2018 yilda o‘zi o‘qigan asarlar orasidan beshtasini saralab mutolaa uchun tavsiya qildi. Bill Geyts ushbu kitoblarni o‘zining blogi orqali e’lon qildi.

Bill Geyts  bu yilgi kitoblar ro‘yxatida eklektik mazmundagi asarlar joy olganligini, ularda insonga ruhiy quvvat bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilanligini, bu yerda har kim o‘zi uchun nimadir olishi mumkinligini, shuningdek, agar yaqinlaringizni o‘ziga xos tuhfa bilan hayron qoldirmoqchi bo‘lsangiz, ro‘yxatdagi kitoblarni tanlab adashmasligingizni ta’kidlab o‘tgan.

1-tavsiya qilingan kitob. Tara Vestoverning “O‘quvchi” (“Educated”) asari. “Tara 17 yoshigacha umuman maktabga bormagan. Shunga qaramay Taraning yozuvchilik qobiliyatiga tan berish kerak. U asarda o‘zining nochor bolaligi haqida yozish bilan meni hayotim haqida teranroq o‘ylashga undadi”, - deydi Bill.

Картинки по запросу Educated, by Tara Westover.

2-tavsiya qilingan kitob. Pol Sherrening sun’iy aql haqidagi “Hech kimi yo‘q armiya” (“Army Of None ”) kitobi.

Картинки по запросу Army of None, by Paul Scharre

 3-tavsiya qilingan kitob. Jon Karreyruning turli xil hiyla va firibgarliklardan tortib murakkab oilaviy munosabatlar haqida hikoya qiluvchi “Yomon qon” (“Bad Blood”) asari.

Картинки по запросу Bad Blood, by John Carreyrou

4-tavsiya qilingan kitob. Yuval Noa Xararining “21- asr uchun 21 dars” (“21 Lessons For The 21st Century”) kitobi.

Картинки по запросу 21 Lessons for the 21st Century,

5-tavsiya qilingan kitob. Endi Paddikombning “Mantiq va meditatsiya qo‘llanmasi” (“The Headspace Guide to Meditation and Mindfulness ”) kitobidir.

Картинки по запросу The Headspace Guide to Meditation and Mindfulness

- Ro‘yxatga kiritilgan kitoblar olam va o‘zlikni anglashga, insoniyat duch kelayotgan muammolar haqida chuqur mulohaza qilishga undaydi,–deydi Bill Geyts.

O‘QING: Boyning ko‘ngli yoki Bill Geyts xonadonidagi 10 buyum

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!