Durov shaxsan o‘zi Ilon Maskni Telegram'ga taklif qildi!

Durov shaxsan o‘zi Ilon Maskni Telegram'ga taklif qildi!

Amerikalik dunyoning eng milliarder odami, Twitter ijtimoiy tarmog‘ida o‘zining noodatiy tvitlari bilan mashhurlikdan tushmaydigan Ilon Mask ikki kun oldin o‘z sahifasida yana bir hazilomus tvitni joyladi. Unda Mask Rossiya prezidenti Vladimir Putinni jangga chorlagan.

Kinoyali xabar nafaqat oddiy foydalanuvchilarning, balki Rossiya rasmiylarining ham e’tiborini tortdi. Birinchilardan bo‘lib Roskosmos rahbari Dmitriy Rogozin milliarderga rus shoiri Pushkinning to‘rt qatorlik she’ri bilan javob qaytardi.

Ilon Mask ham anoyi emas, u ham Rogozinga javoban mem va Dostoyevskiydan iqtibos keltirdi.

Suhbatga Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov ham qo‘shilgan, lekin uning sahifasi Twitter'da bloklangani sabab Qodirov o‘zining Telegram kanalida Maskni Putin bilan raqobatlashmaslikka va muloyim (ayol sifatida) "Elona"dan kuchli "Elon" bo‘lish uchun Chechenistonda xarbiy xizmatlar o‘tashni taklif qilib, post qoldirgan edi. Ilon Mask bo‘sh kelishni istamagan va Qodirovga taklifi unga ortiqcha imkoniyatlar yaratib berishi aytib javob qoldirgan va "Elona" ismi yoqib qolgan shekilli, milliarder o‘zining Twitter sahifasidagi ismini ham "Elona"ga o‘zgartirgan.

Qizg‘in suhbatga Telegram messenjeri rahbari Pavel Durov ham qo‘shilgan va Ilon Maskni Telegram'ga taklif qilgan:

"Biz siz uchun t.me/elona'ni band qilib qo‘ydik, qachon bo‘sh bo‘lganingizda (bizga qo‘shilishingiz mumkin)" deya tvit qoldirgan Durov. 

Tavsifida "Ilon Mask uchun band qilingan" deya yozilgan, bugun ochilgan t.me/elona Telegram kanaliga soniyasiga yuzlab odamlar qo‘shilgan va hozirda obunachilar soni 20 mingdan oshib ketgan.

Umuman, bugungi kunda Telegram messenjeri xalqaro miqyosda yanada ommalashib bormoqda, Ukraina va Rossiya mamlakatlari o‘rtasida bo‘layotgan voqealar fonida Amerikaning ikki mashhur nashrlari: The New York Times va The Washington Post o‘zlarining verifikatsiya qilingan kanallarini ishga tushirgan.

O‘QING: Telegram 8.6 versiyaga yangilandi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!