Durovdan «muqobil internet»: buzib ham kirolmaysiz, ta’qiqlay ham olmaysiz

  •   Saroy
  •  1793
  •  04.06.2018 16:05

Durovdan  «muqobil internet»: buzib ham kirolmaysiz, ta’qiqlay ham olmaysiz

Aka-uka Pavel va Nikolay Durovlar Telegram Open Network (TON) platformasini ishlab chiqmoqda. U «internet ichidagi internet» bo‘lib, hozirgi global tarmoqqa sozlangan, ammo oddiy internetdagi kabi unga kirishni ta’qiqlovchi yoki buzib kiruvchi dastaklar bo‘lmaydi, deb yozmoqda Gazeta.ru.

Telegram’ning alohida tarmog‘i, kutilganidek saytlarning ma’lumotlarni yoritishi uchun emas, balki asosan, kompaniyalar yoki shaxslarning  to‘lovlarni amalga oshiradigan internet-to‘lovlari va onlayn-do‘konlari uchundir. Vazifasiga ko‘ra TON  “davlat xizmatlari” partali bilan PayPal to‘lov tizimi o‘rtasida turadi (uning yordamida internet -do‘konlarda tovarga va xizmatlarga,  yoki taksi va temiryo‘l haqlariga to‘lovlar amalga oshiriladi).

O‘QING: Durovni yana ayblashmoqda

Moliyaviy va pul o‘tkazmalari uchunchi qo‘lga tushib qolmasligi uchun, tarmoq shaxs pasporti va boshqa identifikatorlarni saqlaydigan Telegram Passport shaxsiy ma’lumotlar omboriga suyanadi.  Bu ma’lumotlar pul o‘tkazmalariga o‘xshab,  butun dunyo servirlarida ko‘p bor nusxalangan va kodlangan ko‘rinishda bo‘ladi. Buning natijasida, to‘lov tizimini  “ochiq” internet segmentlariga ommaviy ravishda kirishlarsiz bloklay olmaydi.  

Messenjerdan kelib chiqqan shunga o‘xshash to‘lov usuli, Xitoyning  WeChat’ida yo‘lga qo‘yilgan edi. U Xitoyda bank kartalarining muqobili sifatida Apple Pay va Google Pay’lardan ham oldin faoliyat boshlagan.

O‘QING: Telegram’da o‘yin botlari

Ammo, hozirdanoq TON tizimi Rossiyada qonun doirasidan tashqarida bo‘ladi, deyishmoqda. Chunki, unda Rossiya Federatsiyasi hududida tarmoq ishtirokchilarining shaxsiy  ma’lumotlarini saqlashning imkoni bo‘lmaydi. Pavel Durov amaldagi qonunlarga qaramay tarmoqning faoliyatini ta’minlay oladimi yo‘qmi, bu haqda xabarda aytilmagan. Ammo Roskomnadzor bilan Telegram o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar amalda,  boshqa ko‘plab  qonuniy ishlayotgan saytlarning faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ko‘rsatdi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!