DxOMark Mi Mix 2S kamerasiga baho berdi

DxOMark Mi Mix 2S kamerasiga baho berdi

Xiaomi kompaniyasi 27 mart kuni jahon smartfon foydalanuvchilari diqqatiga 12 megpiksel aniqligida surat oluvchi, shuningdek optik yaqinlashtirish funksiyasi joriy qilingan qo‘sh sensorli bosh kamera modullari joylashtirilgan va Mi Mix 2'ning avlodi — Mi Mix 2S flagmanini taqdim qildi.

Mazkur xitoylik smartfonni tayyorlash "retsepti" g‘oyatda oddiy: «original Mi Mix 2 + Snapdragon 845 + yangi kameralar = Mi Mix 2S».

Flagmanni yaratish bo‘yicha birlamchi konsepsiya o‘zgarmagan, ya’ni Xiaomi Mi Mix 2S romsizlik trendining davomchisi hisoblanadi.

Mi Mix 2S smartfoni DxOMark kompaniyasining laboratoriyasida bo‘lib, obdon sinovlardan o‘tkazildi hamda jahonning eng yaxshi kamerafonlari reytingidan ham o‘rin egalladi.

DxOMark ekspertlari xulosasiga ko‘ra, Xiaomi brendining ushbu aloqa vositasi eng yaxshi surat olishda jahonning "5-raqamli" gadjeti ekan.

Xiaomi Mi Mix 2S modeli bosh kamerasida 2 ta sensor mavjud:

12 megapikselli Sony IMX363 moduli optik barqarorlashtirish funksiyasiga ega bo‘lgan;

Yana bir 12 megapikselli kamera moduli uchun tanlangan Samsung S5K3M3 sensori teleob’yektiv vazifasini bajaradi va unga 2 karralik yaqinlashtirish funksiyasi joriy qilingan.

Xiaomi Mi Mix 2S flagmanining bosh kamerasidagi "shovqinni" yo‘qotish hamda avtofokusni aniq belgilash algoritmlari DxOMark mutaxassislarini hayratda qoldirgan.

Boisi, bu jihat smartfonga fotosurat olish yo‘nalishida 101 ball to‘plashga yordam bergan, ya’ni bu borada uning natijasi Samsung Galaxy S9+ modelidan 3 ballga pastroq.

DxOMark mutaxassislarining guvohlik berishicha, Mi Mix 2S bosh kamerasining ranglarni ifodalay olish hamda avtofokuslash bo‘yicha imkoniyatlari Galaxy S9+ modelidan ham yuqori ekan.

Xiaomi Mi Mix 2S devaysining old kamera ham ilg‘or va unda "sun’iy aql" texnologiyasi tatbiq etilgan bo‘lib, uning yordamida smartfonni yuz-qiyofa orqali blokirovkadan chiqarish mumkin.

Video tasvirga olish bo‘yicha Xiaomi Mi Mix 2S bir oz kamtarlik qilgan va 88 ball to‘plagan.

Mi Mix 2S bosh kamerasining imkoniyatlari umumiy jihatdan DxOMark tomonidan 97 ballga baholangan. Shu taxlit bu smartfon surat olishda iPhone X hamda Mate 10 Pro bilan bir safda turibdi. Ulardan oldinda esa Huawei P20 Pro, Huawei P20, Galaxy S9+, Pixel 2 XL flagmanlari bor.

O‘qing: Xiaomi Mi Mix 2S flagmani taqdim qilindi

Mi Mix 2S bahosi $527 dollarga baholanganini inobatga olsak, uning bunday ilg‘or kameraga ega bo‘lgani tahsinga loyiq.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!