EKSKLYuZIV VIDEO: «Antarktidaga o‘zga sayyoraliklar fazo kemasi qo‘ndi!»

  •   DiMaX
  •  4401
  •  03.10.2018 18:10

EKSKLYuZIV VIDEO: «Antarktidaga o‘zga sayyoraliklar fazo kemasi qo‘ndi!»

Antarktida sohilida antiqa bir ob’yekt aniqlandi. Aksariyat uni NUJ (noma’lum uchar jism) – o‘zga sayyoraliklarning fazoviy kemasi, demoqda.

O‘QING:  UChRAShIB QOLSAK: o‘zga sayyoraliklar bizni tushunmasa, biz ularni tushunmasak..?

Tushunarsiz ob’yekt haqida Youtube videoxostingidagi Secureteam10 kanali xabar bergan. Unga joylangan videoda xuddi muvaffaqiyatsiz qo‘ngan samolyotga o‘xshash narsa aks etgan. Qordagi uzun iz tobora aniq va chuqur bo‘lib kelib, qor uyumi bilan yakunlangan. Ushbu topilma Antarktidaning shimoliy sohili yaqinidagi Janubiy Georgiya orolida joylashgan.

Internetda esa bu jism ustida bahslar kuchaymoqda. Tabiiyki, konspirolog va ufologlar uning o‘zga sayyoraliklar kemasi ekanini zo‘r berib ta’kidlashmoqda. Youtube-blogerlar ham shu fikrdalar: videolavha tavsifida noma’lum ob’yektning koordinatlari «UFO Landing Coords» – «NUJ qo‘ngan joy koordinatlari» deb nomlangan. Ammo kanal tomoshabinlari bunga qo‘shilmasdan, hazilnamo izohlar ham yozishmoqda. Masalan, «Qorbobo ko‘proq ichib yuboribdi» qabilidagi yozuvlarni o‘qish mumkin. Ayrimlar esa buning shunchaki muzlik parchasi ekanini ta’kidlamoqda.

Shu so‘nggi versiyaga olimlar ham qo‘shilmoqda. Angliyadagi Kil universiteti tabiiy geografiya o‘qituvchisi Richard Voller hodisaga izoh bergan. Aynan muzliklar va muzlarning shakllanishi tadqiqi bilan shug‘ullanuvchi bu olimning fikricha, videoda muz tog‘ining tepasidan ajralib tushib, pastga sirg‘algan muz parchasi aks etgan. Uning «izi» esa – maydalangan muz siniqlaridir.

O‘QING: O‘zga sayyoraliklar: bizku ularni topa olmayapmiz, ular bizni qidiryaptimi?

Mana, o‘sha videoni birga tomosha qilamiz:

Nima ham derdik, hozircha bu boradagi biror faraz tasdiqlangan emas. Balki, kelajakda u yerga ilmiy ekspeditsiya uyushtirib, masalaga oydinlik kiritishar.

O‘QING: NASA o‘zga sayyoralarni insoniyatdan himoya qilmoqchi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!