EKSKLYuZIV VIDEO: Deputat iPad’ni namoyishkorona tepkiladi va boshqalarni ham shunday qilishga undadi!

  •   DiMaX
  •  772
  •  16.04.2018 15:40

EKSKLYuZIV VIDEO: Deputat iPad’ni namoyishkorona tepkiladi va boshqalarni ham shunday qilishga undadi!

Yaqindagina AQSh hukumati Rossiyaning ko‘plab kompaniyalari, deputatlari va ayrim jismoniy shaxslariga nisbatan yangi sanksiyalar kiritgan edi. Bunga nisbatan Rossiya tomoni ham javob choralarini ishlab chiqmoqda. Masalan, bosh ministr Dmitriy Medvedev mamlakat hududida AQShning har qanday mahsuloti savdosini ta’qiqlashni taklif etdi.

O‘QING: AQSh ning "qora ro‘yxati"da «Kasperskiy Laboratoriyasi» asoschisi ham bor

15 aprel kuni esa Yaroslavl shahar kengashi deputati – «Yedinaya Rossiya» partiyasi vakili Dmitriy Petrovskiy buni amalda ko‘rsatib bergan. Ya’ni, u iPad’ni polga tashlab, ustidan oyog‘i bilan tepkilagan. Bu jarayonni videoga tushirib, «Sen-chi, o‘z Ayfoningni tepkiladingmi? Yoki Aypadingni?» yozuvi bilan Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z akkauntiga joylagan.

Dmitriy Petrovskiy keyinchalik bu ishini izohlar ekan, o‘z harakatini Dmitriy Medvedevning chaqirig‘iga amaliy isbot sifatida baholagan. U boshqa deputatlar va Rossiyaning nufuzli kishilari ham AQSh mahsulotlariga nisbatan shunday munosabatlarini ko‘rsatishlari kerakligini ta’kidlagan.

Rossiyalik boshqa deputatlar, shu jumladan «Yedinaya Rossiya» vakillari ham shunday qilish-qilmasliklari hozircha noma’lum. Ammo shunisi aniqki, bosh vazir Dmitriy Medvedev aynan Apple mahsulotlari ishqibozi sifatida yaxshi tanilgan.

O‘QING: Bu gal Dmitriy Medvedevning yangi smartfoni fosh bo‘ldi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.