Ekspertlar kuzning 5 ta eng yaxshi hamyonbop smartfonlarini aytishdi

Ekspertlar kuzning 5 ta eng yaxshi hamyonbop smartfonlarini aytishdi

Smartfon sanoati uchun innovatsion va katta yangiliklarni olib kelgan yana bir kuz mavsumi nihoyasiga yetdi. Bu mavsum arzon smartfon ishlab chiqaruvchi Xitoy kompaniyalari uchun ham samarali keldi. Quyida ekspertlar tomonidan e’tirof etilgan, kuzda taqdim qilingan va bahosi 250 AQSh dollaridan oshmaydigan eng munosib smartfon modellarini e’lon qilamiz. Ular texnik xususiyatlari va yaxshi sotilishiga ko‘ra reytingdan o‘rin olgan.

Birinchi o‘rin Xiaomi Mi A1'ga nasib qildi. Xiaomi kompaniyasi va Google kompaniyasi hamkorligining mevasi bo‘lgan bu devays Android One oilasining ilk vakili. metall korpus va qo‘sh sensorli 12 + 12 Mp birikuvidagi flagman kameraga ega bo‘lgan. Devaysning bu jihati iPhone 7 Plus'ga o‘xshab ketadi.

Qisqacha texnik tavsif:

Ekran: 5.5", Full HD, IPS

Chip: Snapdragon 625;

Xotira: 4 GB tezkor, 64 GB doimiy, microSD -- 128 GB;

Bosh kamera: 12 + 12 Mp;

Old kamera: 5 Mp;

Batareya: 3080 mA soat;

Operatsion tizim: Android 7.1.2.

Eslatib o‘tamiz, "Malika"da mazkur smartfon allaqachon sotuvga chiqarilgan. Uning 64 gigabaytli talqini 2 091 000 so‘mdan sotilmoqda.

Ikkinchi o‘rinda Meizu M6 turibdi. MT 6750 protsessori, 5,2 dyuymli displey, 16 GB doimiy va 2 GB "operativ" xotiraga ega gadjet 120 dollardan boshlab sotilmoqda. 

Korpus: 2,5D shisha, metall rom;
Ekran: 5,2" IPS-matritsa, 1280x720, 282 ppi;
Protsessor: Mediatek MT6750, 8 yadro (4 Cortex-A53 1,5 GGs.gacha va 4 Cortex-A53 1 GGs.gacha), tex-jarayon 28nm;
Video-karta: Mali-T860 MP2;
Tezkor xotira: 2 GB, LPDDR3;
Doimiy xotira: 16 + microSD (128 GB);
Kamera: 13 Mp, 5 linza, f/2.0 diafragma, video sig‘imi -- 1080p, LED fotochaqnoq;
Selfi-kamera: 8 Mp CMOS, 4 linzali, f/2.0 diafragma;
Kommunikatsiya: Wi-Fi (a/b/g/n) Dual-Band, Bluetooth 4.0 LTE, microUSB (USB 2.0);
Batareya: 3070 mA soat;
Operatsion tizim: Android 7.0, FlyMe 6.0
O‘lchamlari: 148.2 x 72.8 x 8.3 mm
Vazni: 143 gr

Meizu M6 O‘zbekistonda 150 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Kuchli uchlikdagi «bronza» Xiaomi Redmi Note 4'ga nasib qildi. Garchi, bu model avvalgi yilda taqdim qilingan bo‘lsa ham, u MDH mamlakatlarida hanuz eng ommabop va yaxshi sotilmoqda. Uning jihatlari Mi A1'ga o‘xshab ketsa ham, kamerasi ancha kuchsiz, protsessorining samaradorligi u qadar yuqori emas.

Eng yaxshi hamyonboplar reytingida 4- va 5-o‘rin qo‘sh kamerali Leagoo Kicca Mix hamda Nomu S10 Pro smartfonlariga nasib qilgan. Ularning jihatlari u qadar ham kutilgandek emas, dizayn esa an’anaviy. O‘ziga xosliklari qatorida chang va suvdan himoyalangan korpusni aytish mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!