Ekspertlar: smartfonlar oddiy telefonlardan yomonroq ishlaydi

Ekspertlar: smartfonlar oddiy telefonlardan yomonroq ishlaydi

Britaniyaning Kommunikatsiyalar bo‘yicha boshqarmasi mutaxassislarining fikricha, hozirgi smartfonlar plastik korpusga ega oddiy tugmachali telefonlardan ko‘ra yomonroq to‘lqin tutadi. Ekspertlar bunga sabab yangi gadjetlarning korpusi metall va shishadan ishlanganidir, deb yozadi Daily Mail.

Talablarga javob bermaydi

Britaniyalik mutaxassislarning tasdiqlashicha, bugungi bozordagi mavjud smartfonlar GSM Assotsiatsiyasining minimal signali talabalariga ham javob bermaydi. Ular kuchsiz signallarni qabul qila olmaydi. Tugmali eski qurilmalar esa beqaror signalga ega hududlarda ham barqaror ishlayveradi.

Bu fikrlar qanchalik haqiqat ekanini tasdiqlash maqsadida tajriba o‘tkazildi. Ochiq joyda, past darajada bo‘lsa-da, doimiy signal mavjud hududda o‘tkazilgan sinov-tajribada ba’zi gadjetlar, hatto u qo‘ldan bu qo‘lga o‘tkazilgan chog‘da ham signalni yo‘qotib qo‘ydi. Eski telefonlar esa barqaror signal tutgan.

Oina va metall plastikdan yomonroq

Ishlab chiqaruvchilar hozirda smartfonlarning yupqaligi va nafisligini ta’minlash maqsadida ko‘pincha ma’lum miqdordagi metall va oinadan foydalanmoqda. Bunday turdagi materiallar uchun smartfonlarga GSM Assotsiatsiasining minimal talabidan 7 karra kuchli 2G, 9 karra kuchli 3G va 4 G lar talab etiladi.

Mutaxassislar hozirgi smartfonlarning maxsus aloqa tizimlari oddiy telefonlardan 10 barobar kuchli bo‘lishi zarurligini ta’kidlamoqda.