Bugun Yevropada yil smartfoni aniqlandi

Bugun Yevropada yil smartfoni aniqlandi

An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan European Hardware Awards 2018 tanlovi yilning nufuzli tadbirlaridan hisoblanadi. Yevropa apparat ta’minoti assotsiatsiyasi "2018 yilning eng yaxshi smartfoni" degan nominatsiya g‘olibini e’lon qildi. Joriy yilda ushbu nom Huawei P20 Pro flagman smartfoniga nasib qildi.

European Hardware Awards tanlovi Yevropa bozorining elektronika sohasidagi eng yaxshi gadjetlarni taqdirlaydi. Hakamlar hay’ati sohaning eng nufuzli nashrlarining bosh muharrirlaridan iborat. 2018 yilda mintaqadagi 100 nafar muharrir hakam sifatida baholash ishlarida ishtirok etishdi.

Ma’lumki, Huawei P20 Pro smartfon sanoatida uchta ob’yektivli bosh kameraga ega bo‘lgan ilk smartfon hisoblanadi. Leica kompaniyasi ishlab chiqargan bunday kamera texnologiyasi hozircha smartfonda surat olishda jahonda ilg‘or.

Shu bilan birga, smartfon platformasiga javobgar bo‘lgan protsessor ham "sun’iy aql" funksiyasiga ega bo‘lgan. Natijada, smartfon imkoniyatlari kengayadi, jumladan bu jihat uning suatni sifatni ishlash texnikasini ham yanada yaxshilaydi.

Uchta sensor bosh kameraga uch karralik optik yaqinlashtirish hamda besh karralik gibrid yaqinlashtirish imkonini beradi. DxOMark laboratoriyasi ekspertlari ham Huawei P20 Pro kamerasining umumiy qobiliyatini, ya’ni ham surat, ham video tasvir olishini 109 ballga baholashgan. Hozircha smartfon sanoatidagi biror devays bunday yuqori ball olmagan.

 

Mazkur flagman yurtimizda ham yaxshi sotilmoqda. Bu to‘g‘rida batafsil o‘qing:

Huawei P20 Pro: "Malika"dagi uch ko‘zli “dahshat"!

"Bu mukofot Huawei P20 Pro imkoniyatlari yuqori ekanidan daolat beradi va smartfon nufuzini mustahkamlaydi. Huawei bunday yutuq bilan sohada yetakchilik o‘rnini mustahkamlaydi", – deydi Huawei Consumer Business Group'ning mobil qurilmalar bo‘yicha vitse-prezidenti Bryus Li.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!