Ekspertlar yilning eng zo‘r smartfonini e’lon qilishdi

  •   DiMaX
  •  5090
  •  16.08.2018 17:42

Ekspertlar yilning eng zo‘r smartfonini e’lon qilishdi

Audio- va videotexnika bo‘yicha Yevropa jurnallari assotsiatsiyasi – EISA har yili mintaqada ommalashgan eng yaxshi surat oluvchi kamerafonlar hamda bir qator ilg‘or gadjetlar nomlarini ma’lum qilib boradi. Bu yilgi sovrindor smartfon esa xitoylik gigantning Huawei P20 Pro flagmani bo‘ldi.

O‘QING: Yevropada eng yaxshi smartfon va kamerafon mukofotlandi

Hakamlar hay’ati bu devaysning dizayni, shisha qoplamasi, sifatli displeyi hamda uch modulli kamerasini ta’kidlagan. Ayni shu flagman avvalroq Technical Image Press Association komissiyasi versiyasiga ko‘ra ham eng yaxshisi, deb topilgan edi.

EISA e’lon qilgan qarorda, jumladan, shunday deyiladi:

«Shisha korpusi, diagonaliga 6,1 dyuymli, tomonlari 18:9 nisbatli va 1080x2240 pikselli ajoyib AMOLED-displeyi, tezkor quvvatlanuvchi 4000 mA/soatlik qoyilmaqom akkumulyatori, uch modulli Leica kamerasi tufayli Huawei P20 Pro eng ilg‘or, innovatsion va to‘la texnik ta’minotli smartfon bo‘lgan».

EISA sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi 31 avgust kuni, Berlinda tashkillashtirilayotgan IFA 2018 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tadi.

O‘QING: Huawei P20 Pro: "Malika"dagi uch ko‘zli “dahshat"!