“Elektron hukumat” tizimini joriy etish doirasida tovarlar kiritish uchun alohida bojxona ombori tashkil etiladi

“Elektron hukumat” tizimini joriy etish doirasida tovarlar kiritish uchun alohida bojxona ombori tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonda Davlat Bojxona qo‘mitasiga  “Elektron hukumat” tizimini joriy etish doirasida tovarlar kiritish uchun alohida bojxona ombori tashkil etish vazifasi yuklangan.

Shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga «Elektron hukumat» tizimi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning amalga oshirilishi va moliyalashtirilishini to‘xtatib qo‘yish va bir oy muddatda ularni to‘liq xatlovdan o‘tkazish topshirilgan.  Farmonda 2019 yil 1 mayga qadar «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi Prezident Administratsiyasiga kiritilishi aytilgan

O‘QING: Bosh prokuratura IT-mutaxassislarni ishga taklif etmoqda. Boshiga oylik maoshi 6 million so‘mgacha!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!