Elon Mask Putinning "sun’iy ong" haqidagi fikriga javob yo‘lladi

Elon Mask Putinning

Avval xabar berganimizdek, Rossiya federatsiyasi rahbari Vladimir Putin 1 sentyabrda Yaroslávl viloyatiga uyushtirgan tashrifi mobaynida «Proyektoriya» forumida ishtirok etib, "sun’iy ong" yaratishda peshqadamlik ko‘rsatgan mamlakat istiqbolda jahonda hukmron bo‘lishini, "sun’iy idrok" -- bu ulkan imkoniyat ekanini aytgan edi.

Siyosatchining bu fikriga nisbatan Tesla va Falcon X asoschisi, taniqli texnolog Elon Mask o‘zining fikrini bildirdi.

Aytish joizki, Elon Mask tomonidan bildirilgan fikr Putinning "sun’iy idrok" bo‘yicha G‘arb matbuotida e’lon qilingan qarashlaridan yulib olingandek go‘yo.

Forumda Rossiya prezidenti "sun’iy idrok" bu nafaqat Rossiya, balki butun insoniyatning kelajagi ekani, bu cheksiz imkoniyatlar eshigini ochishi, shu bilan birga bugun oldindan aytish mumkin bo‘lgan tahdidlarga sabab bo‘lishini, uni rivojlanishda peshqadam bo‘lgan davlat dunyoni ham boshqarishini aytgan edi.

"Bu  borada ("sun’iy idrok" texnologiyasi) faqatgina muayyan qo‘llarning izmida to‘planib qolmasligini xohlardim",— degan edi o‘z nutqida Putin.

Mask o‘zining tvitter sahifasida bu tahdidning nima ekani va u nimalarga olib kelishini quyidagi ko‘rinishda sharh qoldirgan:



"Tez orada Xitoy va Rossiyadan so‘ng barcha davlatlar o‘zlarining texnologiyalar sohasidagi kuch-qudratlarini ko‘z-ko‘z qila boshlaydilar. "Sun’iy idrok" texnologiyasini rivojlantirishdagi raqobat uni milliy darajaga ko‘taradi, oxir-oqibat bu uchinchi jahon urushining bosh omiliga aylanadi",— deydi Elon Mask.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!