EMUI 10'ga o‘tuvchi ilk smartfonlar ro‘yxati e’lon qilindi

EMUI 10'ga o‘tuvchi ilk smartfonlar ro‘yxati e’lon qilindi

Huawei o‘tgan hafta EMUI interfeysining 10-avlodini taqdim qilgan edi. Endilikda kompaniya smartfonlarining ushbu UI'ga o‘tish jadvali ma’lum qilindi.

Huawei P30 va Huawei P30 Pro qurilmalari 8-sentyabr sanasida beta versiyaga o‘tuvchi ilk smartfonlar bo‘ladi.

Mate 20 lineykasi esa yangi inerfeysga sentyabr oxirida o‘tsa, Honor devayslari Magic UI 3.0 interfeysida ishlashni boshlaydi. Umuman olganda, Magic UI 3.0 shunchaki EMUI'ning rebrend qilingan talqinidir.

Yangi EMUI'ning eng asosiy jihati unda foydalanuvchi ma’lumotlari maxfiyligining yanada kuchaytirilganligidir. EMUI 10'ga, shuningdek, qo‘ng‘iroq davomida bir Huawei smartfonidan boshqa Huawei smartfoniga rasm jo‘natish, hattoki, dron orqali jonli striming qilish funksiyalari ham qo‘shilgan. Quyida EMUI 10 Beta UI'iga o‘tuvchi smartfonlar to‘liq ro‘yxatini keltirib o‘tamiz:

8-sentyabrda:
•Huawei P30
•Huawei P30 Pro

Sentyabr oxirida:
•Huawei Mate 20
•Huawei Mate 20 Pro
•Huawei Mate 20 X
•Huawei Mate 20 RS Porsche Design

Magic UI 3.0 nomi ostida sentyabr oxirida:
•Huawei Honor 20
•Huawei Honor 20 Pro
•Huawei Honor V20
•Huawei Honor Magic 2

Yangi interfeysni global versiyadagi smartfonlarga ham barqaror ravishda taqdim qilishi uchun kompaniyaga biroz vaqt kerak bo‘ladi. Katta ehtimol bilan global versiya smartfonlar orasida birinchi bo‘lib Mate 30 seriyasi qurilmalari yangi interefysga o‘tadi.

O‘QING: Huawei o‘zining xaritalash xizmati ustida ishlamoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.