Endi Apple'ga mijozlar fikri bir tiyinmi?

Endi Apple'ga mijozlar fikri bir tiyinmi?

AppleInsider saytining yozishicha, foydalanuvchilardan biri Apple barcha mahsulotlari listingidan "Reyting va Izohlar" bo‘limini olib tashladi.

Bo‘lim kompaniyaning AQSh, Buyuk Britaniya va Avstraliyadagi saytlarida mavjud bo‘lgan barcha mahsulotlardan olib tashlangan. Bu funksiya birato‘la uchta saytda bekor qilinganidan kelib chiqib aytish mumkinki, Apple'ning bu harakati ortida biror sabab bor.Saytlarning arxivlangan versiyalarini kuzatish orqali funksiya MacBook Pro taqdim qilinganidan ikki kun o‘tib, ya’ni 17-noyabrda to‘xtatilgani aniqlandi. Bu shunchaki tasodifmikan!? Yoki...Foydalanuvchilarning mahsulotlarga nisbatan munosabatlari shaffoflikni ta’minlab, bo‘lajak foydalanuvchilarga mahsulot tanlayotganda boshqalar fikrini bilish imkonini beradi. 

"Reyting va izohlar" bo‘limining olib tashlanganiga nafratga to‘la izohlar sabab bo‘lishi mumkin. Yaqinda Apple TV'ning "Tonngi Shou"i (The Morning Show) ko‘pgina salbiy munosabatlarga uchragan edi. 

O‘QING: iPhone 11’larning taqdimotda Apple aytmagan beshta kamchiligi