Endi Galaxy A6s: Samsung Galaxy P30 smartfonining nomini o‘zgartirdi

  •   Saroy
  •  1503
  •  30.09.2018 17:18

Endi Galaxy A6s: Samsung Galaxy P30 smartfonining nomini o‘zgartirdi

Bundan bir hafta avval  Samsung yangi Galaxy P30 smartfonlar lineykasini chiqarayotgani haqda xabarlar tarqalgandi. Shuningdek, yangi qurilmalarning detallari ham flagmancha bo‘lishi va shunga yarasha narx qo‘yilishi ham aytilgandi.

Shu kunlarda ma’lum bo‘ldiki, Janubiy Koreyaning elektronika giganti yangi seriyadan voz kechishga qaror qilgan. Demak, Galaxy P30 smartfonini kutmasa ham bo‘ladi.

Ammo, bu yangi smartfon umuman bo‘lmaydi degani emas, albatta. U albatta chiqadi, faqat boshqa nomda bo‘ladi. Xo‘sh qanday nomlanadi? Bu savolga PhoneArena nashri o‘zining resurslari orqali aniqlik kiritdi.

O‘QING:Galaxy P30 smartfonining «jonli» rasmlari Samsung muxlislarining hafsalasini pir qildi!

Kutib oling! Qarshingizda Galaxy A6s

Endi Galaxy P30 va P30+ o‘rniga Samsung Galaxy A6s va Galaxy A6s+ modellarini chiqaradi.

To‘g‘ri, shunday nom bilan yangi qurilmalar Xitoy bozori uchun chiqariladi va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning smartfonlari bilan raqobatlashadi. Ushbu smartfonlar boshqa mamlakatga boshqacha nom bilan kirib borishi ehtimoldan uzoq emas, deyiladi ushbu xabarda.

Galaxy P30 smartfoni JK-ekrani, ekran ostida barmoq izlari skaneri (bo‘lmasligi ham mumkin), 6 GBli tezkor xotira bilan ta’minlanadi. Qurilmalar bir yo‘la to‘rtta gradiyentli ranglarda taklif etiladi.

O‘QING:Samsung Galaxy Grand Prime+ Mediatek protsessorida ishlaydigan ilk Samsung cmartfoni bo‘lishi mumkin

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!