Endi hamma YPXlarda mobil kamera bo‘ladi!

Endi hamma YPXlarda mobil kamera bo‘ladi!

2019 yil 1 iyuldan boshlab yo‘l harakati qatnashchilari mobil videokamerasiz faoliyat olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga ega ekanligi belgilandi
 
Hukumat qarori bilan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom (VMQ-975, 01.12.2018 y.) tasdiqlandi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.
 
Nizomga muvofiq, YPX xodimi xizmat vazifasini amalga oshirishda quyidagilarga majbur: 
 
• vazifalarini mobil videokameradan foydalanib olib borish va bu haqida yo‘l harakati qatnashchilariga ma’lum qilish (2019 yil 1 iyuldan);
 
• yo‘l harakati qatnashchisi to‘xtatilganda uning oldiga borish, o‘zini tanishtirish, lavozimi, unvoni familiyasi haqida ma’lumot berish hamda ularga “Siz” deb murojaat qilish;
 
• tibbiy yordamga muhtojlarni belgilangan joyga olib borishda fuqarolarga yordam ko‘rsatish;
 
• haydovchini tezlikni oshirgani haqidagi maxsus moslamaning ko‘rsatkichlari bilan tanishtirish, talabiga ko‘ra moslamaning qiyoslash sertifikatini ko‘rsatish.
 
Yo‘l harakati qatnashchilari hujjatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga ega (2019 yil 1 iyuldan).​​
 
Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!