Endi O'zbekistonda ham Apple smartfonlari 5G ni qo'llab-quvvatlaydi

Endi O'zbekistonda ham Apple smartfonlari 5G ni qo'llab-quvvatlaydi

Endi O'zbekistondagi iPhone egalari ham 5G tarmog'idan foydalanishlari mumkin. O'zbektelekom AK (Uztelecom) aloqa operatori Apple kompaniyasi bilan hamkorliklarda O'zbekistonda birinchi marta iPhone smartfonlarining 5G funksiyasi ochilganligini e'lon qildi.

Ma'lum bo'lishicha, Apple smartfonlariga 5G qo'llab-quvvatlanishi iOS 16.4 yangilanishi orqali keladi. Ushbu versiyaga yangilangan iPhone egalari 5G funksiyasini yoqishlari mumkin bo'ladi.

"Avval xabar qilinganidek, “O‘zbektelekom” AK o‘zining texnik bazasini keng ko‘lamli modernizatsiya qilish loyihasini ishga tushirdi, buning natijasida Toshkent shahrida 5G qamrovi va mamlakatimiz hududlarida beshinchi avlod aloqasi bosqichma-bosqich joriy etiladi", – deyiladi Uztelecom xabarida.

Apple kompaniyasi o'zining iPhone smartfonlari uchun iOS 16.4 versiyasini rasman kecha chiqardi. Ushbu yangilanish klaviatura uchun beshta yangi hayvon, ikkita yangi qo'l harakati, uchta yangi rangli yurak va nay, maraka kabi bir nechta yangi buyumlar emojilarini o'z ichiga oladi.

Surat muallifi: Emojipedia

Bundan tashqari, yangi versiyaga Voice Isolation (ovoz izolyatsiyasi) – qo‘ng‘iroq vaqtida atrofdagi shovqinlarni blokirovka qilish uchun mo‘ljallangan xususiyat ham qo'shilgan. Shu va boshqa yangiliklar bilan birga bir qancha xatoliklar ham tuzatilgan.

Surat muallifi: Apple

5G ga qaytadigan bo'lsak, ushbu funksiyani siz o'zingizni iOS 16.4 ga yangilangan iPhone smartfoningizda Settings > Cellular > Cellular Data Options > Voice & Data (ruschada: Настройки > Сотовая связь > Параметры > Голос и данные bo'limidan yoqishingiz mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!